N.V. Gogol

Rojdestvo arafasidagi tun

«Yosh Gvardiya» nashriyoti

Toshkent 1980

Ruschadan Nabi Alimuhamedov tarjimasi

IKKINCHI NASHRI

Rojdestvoga bir kun qolgan edi, u ham o‘tdi. Bulutsiz qish kechasi boshlandi. Yulduzlar charaqlab chiqdi. Oy ham, yaxshilarning yo‘li yerisin, olam ro‘shno bo‘lsin, hamma shodxursand quvonib yoramazon[1] aytsin Iso alayhissalomga madh o‘qisin, deb osmonga viqor bilan kutarildi. Sovuq kunduzgidan kuchliroq. Ammo, shunday sokinlik ediki, oyoq ostidagi qorning g‘archnllashi yarim chaqirimdan eshitilardi. Uspirinlar hali deraza tagida to‘planishganlari yo‘q. yolg‘iz oygina yasangan qizlarni g‘archillama qorga tezroq chiqinglar, deb chaqirayotganday darchalardan mo‘ralardi. Bir uyning mo‘risidan burqirab tutun chiqib, osmonga ko‘tarildi, tutun ichida supurgi mingan yalmog‘iz ham osmonga chiqib ketdi.

Agar shu paytda sorochinlik sud maslahatchisi fuqaroga qarashli otlardan uchtasi qo‘shilgan aravada, sarvoz yigitlarnikidek qunduzi telpak, adipiga qora barra tikilgan po‘stin kiyib, to‘qima qamchinini silkitib o‘tib qolsa, darhol yalmog‘izga ko‘zi tushgan bo‘lardi, chunki duiyodagi birorta ham yalmog‘iz uning nazaridan qochib qutulolmagan. Qaysi bekaning cho‘chqasi nechta tuqqanini, kimping sandigida qancha bisoti borligini, saxiy kishi ulug‘ bayram kunida bisotidan, ro‘zg‘oridan nimasini olib chiqib araqxonaga garov qo‘yishini ham biladi. Ammo sorechinlik sud maslahatchisining yo‘li bugun buyoqqa tushmadi, tushganda ham, boshqalar bilan uning nima ishi bor, o‘zining tashvishi ko‘p. Ammo yalmog‘iz shunday balandga chiqdiki, pastdan qora dog‘ga o‘xshab ko‘rindi. Dog‘ osmonning qasriga borsa, yulduzlar birin-sirin g‘oyib bo‘laverdi. Yalmog‘iz birpasda yengini yulduzga to‘ldirib oldi. Osmonda uch-to‘rttagina yulduz qoldi, xolos. Shu payt narigi tomondan ham qora dog‘ paydo bo‘lib, cho‘zilib, birpasda ulg‘ayib ketdi, Shabko‘r odam ko‘zoynak emas, komissar aravasining g‘ildiragini burniga taqib olsa ham bu narsaning nimaligini bilolmas Edi.

Oldidan qaraganda nemisning[2] xuddi o‘zi: bir zum tek turmasdan nimani ko‘rsa hidlaydigan tumshugi cho‘chqaning tumshug‘iga yoki dumaloq chaqaga o‘xshardi, oyoqlari chillakday: agar Yareski[3] qishlog‘i da’voshisining oyoqlari shunaqa bo‘lsa, bir o‘yin tushishda sinar edi. Ammo orqasidan qaraganda mundir kiygan gubernator stryapchiyining[4] xuddi o‘zi edi, chunki hozir rasm bo‘lgan mundirning orqa tomonida uzun va ingichka etagi bo‘lganidek, uning ham ingichka, uzun quyrug‘i bor edi. Faqat iyagi tagida osilib turgan takasoqoli, boshidagi shoxchasi, mo‘ri tozalovchndan battar qoraligi, uning nemis ham emas, gubernator stryapchiysi ham emas, balki yorug‘ dunyoda oxirgi kun tentirab, yaxshilarni yo‘ldan ozdirib yurgan, ertaga ertalab qo‘ng‘iroqlar chalinishi bilan dumini qisib, orqasiga qaramasdai jahannamga kirib ketadigan shaytonning o‘zginasi ekanini ko‘rsatib turardi.

Bu orada shayton oyni o‘g‘irlash payida sekin-sekin kelaverdi, qo‘lini uzatib, oyni ushlamoqchi ham bo‘ldi-yu, lekin qo‘li kuygandek, tortib oldi, barmog‘ini og‘ziga tiqib so‘rdi. Keyin narigi tomondan kelib ushlamoqchi bo‘ldi, tag‘in qo‘lini tortdi. Ammo ayyor shaytoi shuncha pand yesa ham, sira tinchimasdan, shaytonligini qilaverdi. Yugurib kelib, ikki qo‘li bilan oyni ushlab Oldi; chilim chekmoqchi bo‘lgan odam cho‘g‘ni qo‘lidan qo‘liga olib, uf-uflagandek, u ham afti basharasini bujmaytirib, oyni u qo‘lidan-bu qo‘liga olib sovutganday bo‘ldi-da, darrov cho‘ntagiga solib, hech narsa ko‘rmagandek yugurgancha ketaverdi.

Shayton oyni o‘g‘irlab ketganini Dikankadagilarning hech qaysisi sezmadi. Lekin bo‘lus mirzasi araqxonadan emaklab chiqayotganida osmondagi oy birdaniga qimirlab o‘yiiga tushib ketganini ko‘rgan ekan: azbaroyi xudo, deb qasam ichsa ham qishloqdagilarning hech qaysisi ishonmasdan, uni masxara qilib kuldilar. Ammo shaytonning bunday qonunga xilof ish qilishining boisi nima? Sababi bor edi: boy Chubni munshi mehmondorchilikka chaqirganini bilar edi. Bu mehmondorchilikka da’voshidan bo‘lak munshining qarindoshi, cherkovda nihoyat darajada yo‘g‘on ovoz bilan hofizlik qiluvchi ko‘k syurtuk kiygan hofiz, yana kazak Sverbiguz va yana bir necha kishi chaqirilgan edi. Bu mehmondorchilikda rojdestvo oshi — mayiz solib pishirilgan guruchdan bo‘lak yana za’far qo‘shilgan araq va boshqa turlituman laziz ovqatlar bo‘ladigan edi. Otasi mehmondorchilikka ketganda butun qishloqqa go‘zalligi bilan nomi ketgan qizi uyda yolg‘iz qoladi. yolg‘iz qolgan qiz oldiga norg‘ul azamat temirchi yigit kelsa kerak. Shayton uni Kondrat buzrukning xutbalaridan ham battar yomon ko‘radi. Temirchi ishdan bo‘sh vaqtlarida suratkashlik ham qilardi va bu atrofda undan usta naqqosh yo‘q edi. Yuzboshi L… ko-ning o‘zi, tirikligida uni Poltavaga chaqirib, hovlisining taxta devorini bo‘yatdirgan edi.

Dikanka qishlogidagilarning karam sho‘rva ichadigam tovoqlariii ham shu temprchi bo‘yagan edi. Temirchi xudojo‘y odam bo‘lib, ko‘pincha aziz-avliyolarning suratlarini chnzar edi. T… dagi butxonada temirchi chizgan, nijpl yozgai Lukaning surati hali ham bor. Ammo temirchi butun hunarini butxonaning o‘ng tomonidagi hujra devoriga solgan suratda ko‘rsatgandi. Bunda qiyomat kuni Qo‘lida bir shoda kalit bilan do‘zaxdan shaytonni haydab chiqazayotgan avliyo Petrning tasvnrnni solgandi. Shayton kuni bitganini bilib, qo‘rqqanndan o‘zini har tarafga urar, do‘zaxdagi gunohkorlar qamchiimi, palyonmi, ishqilib qo‘llariga nima tushsl shu bilan urib quvlar edilar. Naqqosh bu suratni katta taxtaga solayotganda shayton unga qo‘lidan kelganicha xalaqit berdi. Qo‘lidan turtib, bosqon ostidagi kulni to‘zitib surati ustiga sochar edi. Lekin shaytonning bu g‘alamisligiga qaramay suratni chizib o‘lib, taxtani cherkovni devoriga qoqib qo‘ygan edi. Ana shundan beri shayton undan o‘ch olmoqchi bo‘lib yanib yurardi.

Yorug‘ duiyoda yana bir kungina izg‘ishi qoldi; bir kun qolgan bo‘lsa ham, shu kecha temirchidan bir iloj qilib alamini olmoqchi bo‘ldi. Shuning uchun boradigan joyi ancha uzoq bo‘lganidan, keksa Chub erinib bormasin, degan maqsadda bu ishlarni qilgan edi. Munshinikiga qishloqni yonlab, tegirmondan, go‘ristondan o‘tilgach, jarlikdan aylanib borilar edi. Oydin kechada za’far solingan araq va mehmondorchilik uni tinch qo‘ymagan bo‘lardi. Ammo bunday qorong‘i kechada birorta odam uni pechkasidan tushirib, uyidan chiqazolmasa kerak. Avvaldan Chub bilan chiqishmaydigan temirchi zo‘r bo‘lgani bilan ota borida qizning oldiga borishga yuragi dov bermasdi.

Shunday qilib, shayton oyni cho‘ntagiga solishi bilan olamni shunday zulmat bosdiki, unaqa-bunaqa odam munshiniki uyoqda tursin, araqxonani ham topolmas edi. Yalmog‘iz birdaniga qorong‘ida qolib chinqirib yubordi. Shayton darrov yo‘rg‘alab kelib uning tirsagidan ushladi-da, odatda xotin zoti qulog‘iga qanday shivirlansa u ham yalmog‘izning pinjiga kirib, shunday shivirlab ketdi. Dunyoning ishlari g‘alati-da! Olamdagi maxluqlarning barisi bir-birining qilig‘ini o‘rganishga, birbirini ermak qilishga urinadi. Burun Mirgorodda sudya bilan shahar hokimigina qishda movut qoplangap kalta po‘stin kiyar edilar, boshqa mayda-chuyda amaldorlar teri po‘stin kiyardilar. Endi bo‘lsa, sud a’zosi ham, daha sudyasi ham barra teridan yangi po‘stin tikdirib, movut qoplatib olibdylar. Daftarchi bilan bo‘lus mirzasi ham burnoq yili ko‘k xitoy matonin» gazini ykki miridan olibdilar. Ponomar[5] bo‘lsa katak-katak matodan yozlik cholvor, yo‘l-yo‘l jun matodan kamzul tikdiribdi. Xullas, hamma odam qatoriga kirmoqchi bo‘ladi. Bu odamlar qachon tinchisharkin. Bao bog‘laymanki, shayton ham o‘zini odam qatoriga qo‘shga» nini ko‘rsalar, ko‘plar hayron bo‘ladilar. Hammadai yomon ta’sir qiladigan joyi shuki, shayton o‘zini juda ko‘hlik deb o‘ylar, holbuki ko‘rgan odamning ko‘ngli aynir edi. Foma Grigoryevich aytganday, basharasi ta’viya-yu, ammo, shayton ham muhabbatni qo‘msaydi! Biroq, osmonu yerni shunday qorong‘ilik bosdiki, yalmogiz bilan shayton o‘rtasida keyin nima gaplar o‘tganini sira ko‘rib bo‘lmadi.

Chub uyidan chiqarkan, qotmadan kelgan, novcha, kalta po‘stin kiygan, mujiklar soqol qiradigan chalg‘i sinig‘i ikki haftadan beri betiga tegmaganidan soqoli o‘sib ketgan kishiga:

— Hali, og‘a, munshining yangi uyini ko‘rganim yo‘q, degin? Bugun u yerda yaxshigina mayxo‘rlik bo‘ladi! — dedi-da, og‘zi qulog‘iga yetkudek iljaydi. — Ishqilib kech qolmasak bo‘lgani…

Chub shunday deb, po‘stini ustidan mahkam bog‘lab olgan belbog‘ini rostladi, boshidagi telpagini bostirib kiydi, xira itlarning kushandasi bo‘lgan qamchini dastasini mahkamroq ushladi, lekin shu payt osmonga qa. rab to‘xtadi…

— Nima balo! Uni qara! Uni qara, Panas!..

Og‘aynisi: «Nima?» deb so‘radi-yu, u ham boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi.

— Nimang nimasi, oy g‘oyib bo‘libdi.

— Nima balo bo‘ldi? Haqiqatan oy yo‘q-ku.

Chub, og‘aynisining beparvoligidai xafa bo‘lib.

— Hamma gap yo‘qligida-da, parvoyi palaksan-a, — dedi.

— Qo‘limdan nima kelardi!

Chub yengi bilan mo‘ylovini artarkan, gapini davom ztdirdi:

— Nonushtaga bir ryumka araq nasib qilmag‘ur qanday shayton aralashibdi-ya!.. Xuddi masxara qilganday-ya…. Uyda o‘tirganimda atayin oynadan qaraganidim! Juda yaxshi havo edi. Yep-yorug‘, qor oydinda yiltirar edi. Kuppa-kunduzidek hamma narsa ravshan ko‘rinib turuvdi. Eshikdan tashqariga chiqar-chiqmas olam" ni qorong‘ilik bosdi!

Chub javrarkan, munshinikiga boraymi, bormaymi deb anchagacha o‘ylanib turdi. Borib uyoqdan-buyoqdan hangoma qilib o‘tirgisi bor. Da’voshi bilan qal’alik hofiz allaqachon kelib o‘tirishgani aniq; har o‘n besh kun. da Poltavaga qatnab turadigan askiyachi moyfurush ham allaqachon borgandir. Bu kishi gap boshlaganda atrofidagilar ichagi uzilgudek bo‘lib kulishardi. Chub dasturxondagi araqni ham xayolan ko‘rib turibdi. Bu uning‘ nafsini qitiqlar edi-yu, lekin tun qorong‘isi hamma kazaklarga taalluqli bo‘lgan yalqovlikni ham qo‘zg‘atar edi. So‘riga chiqib, yonboshlab trubka chekkan, darcha tagiga to‘planishib o‘yin-kulgi qiladigan yigit va qizlarning qo‘shiqlarini eshitib mudragani yaxshi emasmi! Agar yolg‘iz o‘zi bo‘lsa-ku, albatta uyda maza qilib o‘tirardi-ya, lekin ikki kishi qorong‘ida yurishdan qo‘rqishmaydi va zerikishmaydi ham. Buning ustiga, boshqalar oldida o‘zini qo‘rqoq va yalqov qilib ko‘rsatgisi kelmadi. Javrab bo‘lib, hamrohiga qarab:

— Shunday qilib, oy yo‘qmi? — deb so‘radi.

— Io‘q.

— Taajjub-a! Qani, tamakingdan ol, hidlaylik! Tamaking juda yaxshi-da! Qayerdan olasan?

— Qayoqda yaxshi! — dedi hamrohi guldor tamaki qutisini yoparkan. — Qari tovuqqa ham ta’sir qilmaydi!..

— Esimda, marhum araqfurush menga Nejindan tamaki keltirib bergan edi, xo‘p tamaki edi-da! Nihoyatda yaxshi edi! Xo‘sh, og‘ayni, nima qilamiz, juda qorong‘i-ku… — deb Chub yana o‘sha zaylda gapirdi.

Hamrohi eshikning tutqichini ushlagan joyida:

— Bo‘lmasa, bormay qo‘ya qolamiz, — dedi.

Agar og‘aynisi qolamiz demasa, Chub bormas edi, ammo, endi qaysarligi tutib.

— yo‘q, og‘ayni, bormasak bo‘lmaydi! — dedi.

Aytdi-yu, darrov aytganiga pushaymon qildi. Bunday tunda sira borgisi kelmasdi. Ammo, birovning maslahatiga kirmay o‘z bilganini qilib, kajligini ko‘rsatganligiga xursand edi.

Og‘aynisi, uyda o‘tiradimi, ko‘chaga chiqadimi, unga bari bir bo‘lganidan, chehrasida hech bir pushaymon alomatini ko‘rsatmay beparvolik bilan atrofga qarab qo‘ygach, qamchi dastasi bilan yelkasini qashib qo‘ydi-da, keyin ikkovi yo‘lga tushishdi.

Endi go‘zal qiz uyda yolg‘iz qolib nima qilayotganini ko‘raylik. Oksana hali o‘n yetti yoshga to‘lmagan, lekin Dikankaning uyog‘ida ham, buyog‘ida ham hammaning og‘zida u. Oksanadek qiz qishloqda sira bo‘lmaganligi va bundan keyin ham bo‘lmasligi to‘g‘risida yigitlarning barisi yakdil edi. Oksana o‘zi haqidagi gaplarni eshitgan, bilganidan, o‘zini mag‘rur tutib, noz-karashma qilar edi. Agar tivit yubka, chit peshband kiymay, tuzukroq uzun ko‘ylak kiysa, hamma qizlarni yo‘lda qoldirib ketar edi. Yigitlar gala-gala bo‘lib uning ketidan yurishar, umidlari puchga chiqqach, boshqa, unchalik kekkaymaydigan qizlar bilan bo‘lib ketardilar. Bitta shu temirchi umidini uzmay, qizning ketidan o‘jarlik qilib yuraverardi. Qiz ro‘yxush bermasdan, boshqalarga qilgan muomalasini qilsa ham, u o‘z bilganidan qolmasdi.

Otasi chiqib ketgandan keyin, qalay gardishli kichkina oinaga qarab, anchagacha o‘ziga zeb berdi.

Uz-o‘zi bilan shunchaki gaplashmoqchi bo‘lib, parishonlik bilan aksiga qaragancha: «Odamlar mening nimamni maqtaydilar! Bekor aytadilar, ko‘hlik emasman!»— deb qo‘ydi. Ammo oynada ko‘ringan anordek yuz, undagi qora ko‘zlar, ko‘ngilga o‘t soluvchi ajabtovur chiroyln tabassum, buning teskarisidan dalolat qilardi. Go‘zal qiz qo‘lidan oynani qo‘ymay: «Qora qoshim va ko‘zimning dunyoda misli yo‘qmi? Qanqaygan burnimning nimasi yaxshi? Betimning, labimning nimasi yaxshi? Qora sochimni yaxshi deydilar!? Vaholanki, uni kechasi ko‘rgan odam qo‘rqib ketadi. Qora chag‘ir ilondek boshimni o‘rab, chulg‘ab olibdi. Endi bilsam, menda go‘zallikdan asar yo‘q!» deb, oynani nari surib qo‘ydi-da, qichqirdi: «Yo‘q, chiroyliman! Voy, qanday alomat husnim bor! Malakman! Menga uylangan yignt baxtli bo‘ladi! Erim husnimga qarab to‘ymaydi! Esiii yo‘qotib, o‘paverib o‘ldirib qo‘yar».

Ohistagina kirib kelgan temirchi sekin shivirladi:

— Ajoyib qiz! Maqtanishi ham hazilakammas! Bir soatdan beri o‘zini oynaga solib tomosha qiladi-yu, to‘ymaydi, tag‘in o‘zini-o‘zi maqtab ham qo‘yadi!

Zebo qiz nozlanib hanuz o‘z-o‘zi bilan gaplashardi:

— Hoy, yigitlar, sizga teigmanmi men, menga qarang, xiromon yurishimga boqing, ko‘ylagim qizil ipak matodan. Boshimdagi lentalarimni qarang! Bunday zarbop matolarni ko‘rmoq sizga umrbod nasib bo‘lmas! Qalligim yer yuzidagi eig mard yigit bo‘lsin, deb otam olib bergai bularni! — Jilmayib qayrilib yoniga qarashi bilan ko‘zi temirchiga tushdi.

Qichqirib, xo‘mrayib yigitning ro‘parasida to‘xtadi.

Temirchi so‘rrayib, qo‘llari shalvirab turardi.

Go‘zal qizning qorachadan kelgan ko‘hlik yuzi qanday tuyg‘ularni izhor qilayotganini bilish qiyin edi. Uning chehrasida qahr bilan birga, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan taqachini mayna qilish ham bor. Hafsalasi gshr bo‘lib yuzi sal qizarinqirab tovlandi. Bu uiing husnini shunday Ochdiki, ta’rifga sig‘may ketdi. Shu paytda temirchi uni million martaba o‘pib-o‘pib olmoqdan o‘zini zo‘rg‘a tutib qoldi.

— Nega kelding? — dedi gap boshlab Oksana. — Qo‘limga kurak olib haydaymi? Xo‘p usta bo‘libsiz-da hammangiz shilqimlikka! Otamiz uyda yo‘qligini darrov fahmlay qolasiz. Sizdaqalarni yaxshi bilaman! Sandig‘im bitdimi?

— Jonim, bitib qoldi, hayitdan keyin bitadi. Qancha ovora bo‘lganimni bilsang edi! Ikki kecha ustaxonanamdan chiqmadim. Ammo birorta ham rohibning qizida yo‘q sandiq qilib beraman-da! Qoplamasiga shunday temir qildimki, Poltavaga ishlagani borganimda yuzboshining aravasiga ham bunday asil temir qoplamagan edim. Naqshini shunday chiroyli yasayapmanki! Oppoq oyoging bilan butun yurtni aylanib chiqsang ham bundayini topolmaysan! Atrofida qizil, ko‘k rangdagi gullar bo‘ladi. Menga jabr qilma! Birpas gaplashib o‘tirishga, husningni tomosha qilishga ruxsat et!

— Kim senga yo‘q dedi, gaplashaver, tomosha qilaver!

Qiz kursiga o‘tirib yana oynaga boqdi, o‘ziga oro berib, sochini tuzatdi. Bo‘yniga, ipak gul solib tikilgan ko‘ylagiga qarab qo‘yganida, la’l labida, anordek betida, sha lo ko‘zida o‘zidan zavqlanish zohir bo‘ldi.

— Yeningda men ham o‘tirsam maylimi? — dedi temirchi.

— Utir, — dedi Oksana chiroyini buzmay, yuz-ko‘zidagi shodonlikni saqlab.

— Go‘zal Oksana, karam qil, bir o‘pay! — dedi-yu, temirchi o‘zini dadil tutib, qizni o‘pmoqchi bo‘lib, og‘ushiga tortib quchoqladi. Ammo Oksana temirchining lablariga yaqin kelib qolgan betini opqochib, uni itarib yubordi.

— Tag‘in nimalar istaydi ko‘ngling? Asal bergach, qoshiq ham ber, deysanmi! Io‘qol, qo‘llaring temirdan battar. Uzingdan ham tutun hidi keladi. Hamma yerimni qorakuya qilgan bo‘lsang kerak.

U yana o‘zini oynaga solib o‘ziga oroyish berdi.

Temirchi boshini xam qilib, ichida: «U meni yaxshi ko‘rmaydi, u hech kimni nazar-pisand qilmaydi, men bo‘lsam uning oldida ahmoq bo‘lib, ko‘zimni undan uzmasdan mo‘ltayib o‘tiribman. Tikilib turaverardim, yuz yil bo‘lsa ham ko‘zimni olmasdim! Alomat qiz! Ko‘ngli kimdaligini, kimni sevishini bilolsam, har narsa desa berardim. Ammo u hech kimni yoqtirmasa kerak, o‘zigao‘zi shaydo. Men bechorani qiynaydi, men sho‘rlik uning ko‘yida kuyaman, ro‘shnoligim yo‘q, unga muhabbatim shunchalikki, dunyoda hech kim birovni mendek sevgan emas, bundan buyon ham sevmaydi!» — deb o‘yladi.

— Sening onang yalmog‘izmish, rostmi? — deb kulib yubordi Oksana. Temirchining nazarida butun ich-tashi kulib yuborgandek bo‘ldi. Bu kulgi birvarakayiga ko‘ngliga ham, ohistagina jimirlashib ketgan qon tomirlariga ham ta’sir qilganday bo‘ldi va bunday yoqimtoy kulgan betdan o‘polmagani alam qildi.

— Onam bilan nima ishim bor? Onam ham, otam ham, bu dunyoda nimaiki menga aziz bo‘lsa, hammasi sen-sen! Agar podsho meni chaqirib; temirchi Vakula, mening davlatimda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa so‘ra, hammasini beraman. Oltindan sandon, kumushdan bolg‘a qildirib beraman, desa, yo‘q, kerakmas, qimmatbaho javohirlar ham, oltin sandon ham, mamlakating-u, yurting ham menga kerakmas. Oksanamni bersang bo‘lgani, derdim!

— Voy, seni qara-yu! Biroq, otam ham xo‘p anoyi emas, onangni olmaganini ko‘rasan, — deb Oksana ayyorlik bilan kulib qo‘ydi. — Nega qizlar haligacha kelmayaptilar-a… Nima bo‘ldi ekan? Ramazon aytadigan vaqt bo‘lib qoldi. Zerikib ketayotibman.

— Go‘zalim, qo‘ysang-chi, xudo o‘zi yor bo‘lsin ularga!

— Nega endi! Ular bilan yigitlar ham kelishadi! Ana o‘shanda o‘yin bo‘ladi-da. Hali qanday qiziq narsalar gapirib berishadi!

— Ular bilan bo‘lsang xursandmisan?

— Albatta, sendan ko‘ra ular bilan yaxshi-da! E, shoshma! Birov taqillatdi, qizlar bilan yigitlar kelishdi shekilli.

«Endi nima umidim qoldi. Meni mayna qilsa, uning oldida zanglagan taqachalik qadrim yo‘q. Lekin o‘zimni boshqalarga masxara qildirib qo‘ymayman. Unga mendan ko‘proq yoqqan yigitni bilsam, ta’zirini berib qo‘yaman…» dedi o‘z-o‘ziga temirchi.

Eshikning qattiq taqillagani, sovuqda quloqqa noxushroq eshitilgan «och» degan ovoz uning xayolini qochirdi.

Alamiga chidolmagan temirchi, duch kelgan odamning och biqinini teshaman, degan nnyatda «tura tur, o‘zim chiqib ochaman», deb eshikka chiqdi.

* * *

Sovuq zo‘rayib, osmon shunday sovib ketdiki, shayton muzlab qolgan qo‘lini sag‘al isitib olmoq uchun, tuyog‘ida sakrab, mushtumiga kuh-kuhlardi. Ertadan kechgacha do‘zaxda yurgach, bu sovuqda qotmasdan bo‘ladimi? Do‘zaxda bizning qishimizdagidek sovuqmasligini bilasiz. Do‘zaxda bo‘lsa shayton qalpog‘ini kiyib olib, bakovulboshidek o‘choq tepasiga minib olib, gunohkorlarni qovurgani-qovurgan edi. Xotinlar bayramda qanday mehr bilan kolbasa qovursalar, shayton ham gunohkorlarni shunday ishtaha bilan qovurardi.

Qalin kiyinganiga qaramay, yalmog‘iz ham to‘ngib qoldi. Shuning uchun, yaxmalak otayotgan odamdek ikki qo‘lini tepaga qilib, oyoqlarini kerganicha, hech bir bo‘g‘imini qimirlatmay, havodan pastga tushdi, xuddi muztepadan sirg‘anib tushganday g‘izillab tushdi-yu, to‘ppato‘g‘ri mo‘riga kirib ketdi.

Shayton ham shu zaylda uning ketidan tushib ketdi. Ammo bu hayvon har qanday oliftadan ham epchil bo‘lganidan, mo‘rining og‘zidayoq, ma’shuqasining yelkasiga minib olib, birpasda ikkovi keng pechkaning ichiga tushib, ko‘zachalar orasiga kirib qolishdi.

Sayr qilib qaytgan yalmog‘iz, o‘g‘lim Vakula uyga mehmon-pehmon olib kelmadimikin, deb pechkaning qopqog‘ini surib mo‘raladi. Uyning o‘rtasida yotgan qopdan boshqa hech kim yo‘qligini bilib pechkadan chiqdi, ustidagi po‘stinini yechib, o‘zini rostlab oldi, endi uni ko‘rgan odam haligina supurgi mnnib yurgan yalmog‘izligini bilmas edi.

Temirchi Vakulaning onasi qirqdan oshmagan, chiroyli ham emas, xunuk ham emas edi. Qirq yoshda chiroyli bo‘lmoq ham qiyin. Ammo u har qanday sipo erqakni ham o‘ziga rom qilib olishga usta edi (ammo bularning xushro‘ylik bilan uncha ishlari yo‘q edi, buni aytib qo‘ysak yomon bo‘lmaydi), shuning uchun da’voshidan tortib munshi Osip Nikiforovichgacha (albatta, xotini uyda bo‘lmasa) kazaklardan Qorniy Chub, Qasyan Sverbiguzgacha hamma unikiga kirib turar edi. Unga qoyil bo‘lmoq kerakki, bularning barisiga juda ustalik bilan muomala qilar, hech qaysisi raqibi borligini ko‘ngliga ham keltirmas edi. Xudojo‘y faqir mujikmi, yoki movut chakmon kiyganlari uchun o‘zlariga asilzoda nomini qo‘yib olganlarmi, yoki yakshanba kuni butxonaga, havo yomon bo‘lsa araqxonata bora turib, qaymoq bilan mazali chuchvara yegani, issiqqina uyda mehmondo‘st xotin bilan hangomalashgani Soloxanikiga albatta kirib o‘tardi. Asilzoda araqxonaga keta turib, atayin yo‘lni aylanib o‘tsa ham, yo‘lakay kirdim, der edi. Hayit kuni Soloxa xitoyi ipak kofta va orqasiga zar uqa qadalgan ko‘k yubkasini kiyib, yasanib cherkovga kelganda hammadan oldinga o‘tib, shundoqqina mehrob tagiga borib tursami, munshi albatta bir yo‘talib qo‘yib, ko‘zining qiri bilan uning tomoniga qarab qo‘yar edi. Da’voshi mo‘ylovini silab, sochini qulog‘i ortiga olib So‘yib, yonida turgan qo‘shnisiga imo qilib: «Ajoyib yyol-da! Shaytonning o‘zginasi!» — deb qo‘yardi.

Soloxa hamma bilan salomlashar, ammo ularning hammasi yolg‘iz men bilan salomlashyapti, deb o‘ylar edilar. Lekin hamma gapdan voqif bo‘ladigan kishilar, Soloxa hammadan ko‘ra Chubga ko‘proq iltifot qilganini darrov fahmlar edilar. Chub beva edi, uyining oldida doim sakkiz g‘aram bug‘doy turar edi. Novdadan to‘qib to‘silgan og‘ilxonada turgan ikki juft ho‘kizi sigirni yoki semiz buqani ko‘rib qolsa, boshini chiqazib, mo‘-o‘-lab qo‘yar edi. Soqolli echkisi tomga chiqib olib, hovlidagi kurkalarni masxara qilganday, shahar boshlig‘iga o‘xshab ma’rar, ammo uning achchig‘ini chiqazib, soqoliga tegadigan shum bolalarni ko‘rsa, orqasini o‘girib olar edi. Chubning sandig‘ida bisoti, chopon-u, zar uqa qadalgan kamzillari, ipakli matolari ko‘p, chunki uning marhuma xotini satang boyvuchcha edi. Ko‘knor, karam, kunga boqardan tashqari, har yili ikki paykal yerga tamaki ham ekardi. Soloxa bu davlatnkng barisini o‘zimnikiga qo‘shib olsam yomon bo‘lmas, degan niyatda edi va bularni o‘ziniki qilib olgach, nimalar qilishini mo‘ljallab ham qo‘yganidan, qari Chubga ko‘proq iltifot ko‘rsatar edi. Ug‘li Vakula Chubning qizini o‘ziga og‘dirib olib, bor-yo‘q davlatni egallab, uni biylatmay qo‘ymasligi uchun qirq yashar xotinlarning hammasi bilgan makrga qo‘l urdi, ya’ni Chub bilan temirchini ko‘proq urishtirib qo‘yishga harakat qildi. Uning shu g‘alamis, ayyorligi tufayli bo‘lsa kerak, ba’zida kampirlar, xususan bironta ziyofatga yig‘ilishganda va me’yoridan ortiqroq ichib qo‘yganlarida u haqda gapirib, uni yalmog‘izga chiqazib qo‘yar edilar. Xotinlar uning ip yigiradigan dukchadek dumi bormish, o‘spirin Kizyakolupenko uning bu dumini ko‘rganmish, o‘tgan payshanba ko‘chada birovning oldidan qora mushuk bo‘lib o‘tib ketganmish, bir kun popning xotini oldiga bir cho‘chqa kelib, xo‘roz bo‘lib qichqirganmish-da, Kondrat otaning shapkasini kiyib qochib ketganmish, derdilar.

Bir kuni kampirlar shu haqda gaplashib o‘tirganlarida podachi Timish Korostyaviy kelib qolib, bir kun yozda xuddi Petrovka bayrami oldidan boshiga poxol qo‘yib og‘ilxonada uxlab yotganida, ko‘ylakchan, sochini yoygan yalmog‘iz kelib sigir sog‘ib turganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini, yalmog‘iz avrab qo‘ygani uchun qimirlamay qolganini, yalmog‘iz sigirlarni sog‘ib bo‘lgach uning labiga bir palid narsa surkab ketganini va jirkanib kuni bilan tupurib yurganini so‘zlab berdi. Lekin uning bu gaplariga ishonib bo‘lmasdi; chunki yalmog‘iz Sorochinsk sud a’zosidan boshqa hech kimga ko‘rinmaydi. Shu sababdan ulug‘ kazaklarning hammasi, shunday gaplarni eshitganlarida qo‘llarini siltab ketaverar va «bekor aytadilar, zang‘arlar», derdilar.

Soloxa saranjom-sarishta xotin bo‘lganidan, darrov pechkadan chiqib, uyni yig‘ishtirishga tutiidi. Ammo yerda yotgan qoplarga tegmadi; Vakula o‘zi olib kelgan, o‘zi yig‘ishtirsin! Shayton bo‘lsa mo‘riga kirayotganda, behosdan orqasiga qayrilib qarab, birov bilan boshlashib ketayotgan va uydan ancha nariga borib qolgan Chubga ko‘zi tushgan edi. Darrov pechkadan uchib chiqib, ular oldiga o‘tdi-da, yaxlab qolgan qorni to‘zitib socha boshladi. Birpasda bo‘ron turib, havoni buyug‘ bosdi. Har tarafdan qor uchib, piyodalariing yuz-ko‘zlarini, quloq-burunlarini qoplaguday bo‘ldi. Shayton bo‘lsa, Chub hamrohi bilan uyga qaytib ketadi va temirchini ushlab olib, bo‘yoq cho‘tkani anchagacha qo‘liga ololmaydigan qilib qo‘yadi, deb ko‘nglini to‘q qilib, yana mo‘riga qaytib keldi.

* * *

Darvoqe bo‘ron boshlanib, shamol ko‘z ochirmay qo‘ygan zahoti, Chub yo‘lga chiqqaniga pushaymon bo‘ldi, telpagini qattiqroq bostirib olib o‘zini, shaytonni, hamrohini koyib ketdi. Ammo uning bunday xafaligi ham ayyorlik edi, chunki bo‘ron ko‘tarilganiga xursand edi. Munshinikiga hali bosgan yo‘llariga qaraganda sakkiz marta ko‘proq yo‘l bosish kerak. Xullas, yo‘lovchilar ketlariga qaytdilar. Shamol orqadan urardi, lekin bo‘rondan hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi.

Bir oz yurgach, Chub hamrohiga qarab: «Shoshma, og‘ayni, boshqa yo‘lga kirib ketibmiz shekilli. Bitta ham uy ko‘zimga ko‘rinmayapti. Shunday ham bo‘ron bo‘ladimi? Sen sal burilibroq anavi tomonga yur-chi, zora yo‘l topsang. Men buyoqdan qaray. Shunday bo‘ronda ko‘chaga sudraganini qara, shaytonning ishi-da, bu! Yo‘lni topsang meni chaqir, yodingdan chiqmasin. Bachchag‘ar mal’unni qara, ko‘zimga qorni toza uribdi!» — dedi.

Biroq, yo‘l ko‘rinmas edi. Hamrohi oyog‘ida uzun qo‘njli etik bilan, tentirab-tentirab, aroqxonaga borib qoldi. Dunyo topgandek suyunganidan, ko‘chada qolgan hamrohini unutib, ustidagi qorni qoqib, ichkariga kirib bahuzur o‘tiraverdi. Bu orada Chub ham yo‘l topganday bo‘lib, hamrohini chaqirib-baqirishga tutindi, hamrohi ovoz bermagandan keyin, o‘zi ketaverdi. Borsa, o‘zining uyi. Uyining oldiga qor uyulib qolibdi, tomini ham ko‘rib bo‘lmaydi. Sovuqdan to‘ngan qo‘li bilan eshikni urib taqillatib qizini chaqirdi.

Eshik ochgani chiqqan temirchi:

— Kimsan, nima deysan? — deb baqirdi.

Chub temirchining tovushini tanib, ketiga surildi. Ichida: «Bu mening uyim emas ekan… Menikiga temnrchi kirolmas edi. Lekin mundoq qaraganda, temirchining uyi ham emas. Kimniki bo‘lsa ekan? Ana xolos, taniyolmaganimni qara! Yaqinda yosh xotin olgan Levchenko cho‘log‘niki bo‘lsa kerak. Faqat uning uyi menikiga o‘xshaydi. Nega darrov kelib qoldim, dedim-a. Ammo Levchenko hozir munshinikidaligini yaxshi bilaman, temirchi nima qilib o‘tiribdi bunda?.. yosh xotinining oldiga kelib yurarkan-da! Yaxshi, endi tushundim».

Temirchi yaqinroq kelib yanada qattiqroq do‘q bilan:

— Kimsan, eshikma-eshik nima qilib yuribsan? — dedi.

Chub ichida: «Kimligimni aytmayin. Manglayi qora, tag‘in urib-netib yurmasin!» deb ovozini o‘zgartirib:

— Duogo‘y bir odamman, ramazon aytib keldim! — dedi.

— Io‘qol, boshni qotirmay! — dedi Vakula baqirib. — Nega yana ketmasdan turibsan, yo‘qol, ket, hozir ket!

Chubning o‘zi ham, baloga qolmasdan keta qolay, deb turib edi-yu, ammo temirchining buyrug‘i alam qildi.

Xuddi shayton pinjiga kirib, temirchiga qattiqroq gapir, deb vasvasa qilayotganday bo‘ldi. Chub ovozini haligidek bo‘lakcha qilib:

— Senga nima bo‘ldi, muncha baqirasan? Nima, ramazon aytgani ham qo‘ymaysanmi, xohlasam aytaveramanda! — dedi.

— Eh-ha! Tilingni tiymaysanmi hali!.. — Bu gapdan keyin Chub yelkasiga yaxshigina bir musht tushganind sezib qoldi.

Ketiga ozroq tislanib turib:

— I-ye, hali mushtlashmoqchimisan! — dedi.

Temirchi yana turtib:

— Ket-ket! — deb baqirdi.

— Senga nima bo‘ldi, i-ye! — dedi Chub. — Rostakamiga, jon-jahding bilan uryapsan-a! — Uning ovozida alam ham, og‘riq ham bor edi.

— Ket, ket, yo‘qol! — deb eshikni yopib oldi temirchi.

Chub ko‘chada yolg‘iz qolib:

— Botirligini qara-ya, yaqiniga borib bo‘lmaydi, Shoshmay tur hali, kerilma, shahar bedarvozami! Senimi, bola, to‘ppa-to‘g‘ri hokimga arz qilaman. Temirchiliging-u, bo‘yoqchiliging menga pisand emas. Qani, yelkam bilan orqamga qaray-chi, ko‘karib chiqqandir. Bachchag‘ar yomon urdi shekilli! Sovuq bo‘lmasa-yu, po‘stinimni yechib… shoshmaytur shaytonning temirchisi, meni urding, seni shayton ursin, temirchi do‘koningga jin teksin, shoshma, hali, seni xo‘p o‘ynataman! La’nati, dorga osilgur! I-ye, shoshma, hozir-ku, uyidamas, Soloxa yolg‘iz o‘tirgandir… Ha… uyi uzoq ham emas. Borsammikin! Vaqt ham shundayki, hech kim kelmaydi, zora murod hosil bo‘lsa… La’nati temirchi yomon urgan ekan-a!

Chub yelkasini qashib olib, yo‘lning bu tomoniga burildi. Soloxani ko‘raman deb xursand bo‘lgakidan, og‘riq ham esidan chiqdi, chirsillab turgan sovuq bo‘ronning buyug‘i ham bilinmay ketdi. Bo‘ron soqol-mo‘ylovini qor bilan shunday sovunlab qo‘ydiki, har qanday chapdast sartarosh ham bunday sovunlay olmas edi; qor bosgan shu betida gohda quvonch paydo bo‘lib, iljayib qo‘yar edi. Ammo qor bo‘roni har tarafdan gupillab, ko‘zini ochqizmay qo‘yganda, har qadamda to‘xtab, la’nati temirchi yomon urdi, deb, yelkasini silab, yana yo‘lga tushar edi.

* * *

Echkisoqol, dumli olifta oyni o‘g‘irlab, yonida osig‘liq ko‘lboriga solib qo‘ygan edi. Mo‘ridan chiqib-kirganida ko‘lbori pechkaga ilinib ochilib ketdi va oy fursatni g‘animat bilib, Soloxa uyining mo‘risidan osmonga chiqib ketdi. Olam yorishdi. Bo‘ron bo‘lmaganday, atrof boyagi-boyagiday. Yerni qoplab yotgan qor kumushdek yaraqladi, go‘yo qor ustiga billur yulduzchalar sochilgandek edi. Havo iliganday bo‘ldi. Uspirin yigit va qizlar yelkalarida to‘rvalari bilan chuvillashib tashqariga chiqdilar. Qo‘shiqlar jaranglab, ramazon aytib qirilmagan eshik qolmadi.

Oy ajab tovlanib turibdi! Bunday xushhavo kechada quvnoq qizlar, har bir hazil, har bir o‘yinga tayyor turgan sho‘x yigitlar orasida bo‘lish qanday zavqli! Egning» da po‘stin bo‘lsa sovuq yemaysan, sovuqda betlar yana battarroq yonadi. Sho‘xlikka esa shaytonning o‘zi boshlaydi.

Bir gala qizlar yelkalarida to‘rvalari bilan Chubnikiga kirib, Oksanani o‘rab oldilar. Ularning chuvillashidan temirchi esankirab qoldi. Har qaysisi birbirining gapini bo‘lib, go‘zal qizga bir yangildk aytgisi kelardi, ramazon aytib yiqqan chalpak, kolbasalarini xaltalaridan to‘kib maqtanar edilar. Oksana hali u, hali bu qiz bilan gaplashib, xaxolashib kulardi.

Temirchi qizlarning bunday quvonchlarini ko‘rib, havasi kelar, qizg‘anchiqligi tutib, o‘zi bara aytishni yaxshi ko‘rsa ham, lekin hozir uni la’natlardi.

Go‘zal qiz quvonch bilan qizlarning biriga qar-ab:

— Hoy, Odarka! Yangi kavush kiyib kelibsanmi, muncha chiroyli! Zarlig-a! Tole’ing balandda sani, har narsalar olib beradigan kishing bor. Menga kim olib beradi bunaqa kavushni, — dedi.

Temirchi darrov:

— Jonim Oks ana, xafa bo‘lma, senga unaqa-bunaqa boyning qizi ham kiymaganini olib beraman, — dedi.

Oksana yalt etib qaradi-da, uni mensimagandek:

— Sen-a? — dedi. — Qani, ko‘ray-chi, men kiyadigan kavushni qayerdan topib kelarkinsan. Malikaning oyog‘idan yechib kelsang, unda mayli!.. — dedi.

— Ko‘rdingmi buni ko‘ngli qanaqa! — deb xaxolab kulishdi qizlar.

Go‘zal qiz:

— Rost aytaman. Hammangiz guvohsiz, agar temirchi Vakula malikaning oyog‘idagi kavushini keltirsa, shu onda unga tegaman, — dedi.

Qizlar injiq go‘zalni birga olib ketdilar.

Temirchi ular ketidan chiqa turib:

— Masxara qilaver-chi, hozir o‘zimni-o‘zim masxara qilaman, o‘ylab o‘yimga yetolmay qoldim. Bilmadim aqlhushim qayoqqa ketdi. Meni sevmaydi, sevmasa sevmasin, dunyoda undan boshqa qiz yo‘qmi! Xudoga shukur, undan boshqa ham qiz bor qishlog‘imizda. Nimasi yaxshi Oksananing? Undan ro‘zg‘orni eplaydigan tuzuk xotin ham chiqmaydi, yasanishdan, o‘ziga zeb berishdan boshqani bilmaydi. Endi ahmoqlikni bas qilish kerak.

Biroq, temirchi uzil-kesil Oksanadan kechmoqchi bo‘lib turgan choqda, ko‘z oldida:

«Malikaning kavushini keltirib bersang, senga tegaman!» deb Kulib turg‘an sho‘xchan yuzi ko‘rindi. Butun vujudi iztirobga tushib, Oksanadan bo‘lak hech narsa xayoliga kirmadi.

Bara aytib yurgan qizlar bilan yigitlar bir gala bo‘lib ko‘chama-ko‘cha yugurishar edi. Ammo temirchining ko‘ziga hech narsa ko‘rinmas, bir zamonlarda ko‘nglini quvontirgan bu o‘yin-kulgilarga aralashmasdan yolg‘iz borardi.

* * *

Bu orada shayton juda iyib ketdi. Sud a’zosi pop qizini ko‘rganda qilgan qiliqlarni qilib, Soloxaninr qo‘llarini o‘par, oh-voh qilib, ko‘ksini ushlab, agar ko‘nglimni olmasang, o‘zimni har narsa qilaman, suvga tashlayman, jonimni to‘ppa-to‘g‘ri saqarga[6] yuboraman, derdi dangaliga. Soloxa uncha berahm emas edi, bundan tashqari shayton bilan sherik edi. U ketidan bir nechtasini ergashtirib yurishni yaxshi ko‘rar, suhbat qurmagan kuni kam bo‘lardi. Biroq, bu kuni kechqurun yolg‘iz o‘tirmoqchi bo‘ldi, chunki, qishloqning hamma ulug‘lari munshinikiga oshga chaqirilgan edilar. Lekin ish boshqachasiga aylanib ketdi. Shayton boyagiday qisti-bastiga olib turganda, to‘satdan da’voshining yo‘g‘on ovozi eshitilib qoldi. Soloxa eshikni ochgani chiqib ketdi, dingillagan chaqqon shayton darrov bir qopga kirib oldi.

Da’voshi tumog‘idan qorni silkitib bo‘lgach, Soloxaning qo‘lidan bir piyola araqni ichib oldi, so‘ngra bo‘ron turib, to‘polon bo‘lganidan munshinikiga bormaganini, Soloxaning uyida chiroq borligini ko‘rib, bu kecha u bilan suhbat qurmoq niyatida buyoqqa kelganini aytdi.

Da’voshi so‘zini tamom qilguncha ham yo‘q ediki, eshik taqillab, munshining ovozi eshitildi. Da’voshy shivirlab:

— Meni bir joyga bekit, meni ko‘rmasin, — dedi.

Soloxa, da’voshidek xo‘ppasemiz mehmonni qayerga bekitishni bilmay ko‘p o‘yladi, aloha ko‘mir turgan eng‘ katta qop esiga kelib, ko‘mirni bochkaga ag‘dardi: so‘laqmondek da’voshi mo‘ylovi, boshi va boshidagi tumog‘i bilan qopga kirdi.

Munshi uh-uhlab, qo‘llarini bir-biriga ishqalagancha kirib keldi, kirgach, mehmonlar kelishmaganiga nihoyatda xursand bo‘lib, bo‘ron bo‘lib turganiga qaramay, siz bilan andak suhbatlashay deb keldim, dedi. U Soloxaga yaqinroq keldi, yo‘talib olgach, iljayib kuldi, uzunchoq barmoqlari bilan uning yalang‘och semiz qo‘lini ushlab turib, ayyorlik bilan:

— Go‘zal Soloxa, bu nima? — deb sapchib o‘zini nariroq tortdi.

— Nima bo‘lardi! Qo‘l-da, Osip Nikiforovich! — dedi Soloxa.

Gap boshlash uchun qilgan daromadidan o‘zi xursand bo‘lib:

— Hm! Qo‘l deng! Xe-xe-xe! — deb qo‘ygandan keyin, uyning uyog‘idan-buyog‘iga yura boshladi.

Yana yaqiniga kelib, tomog‘idan ushlab:

— Azizim Soloxa, bu nimadir? — deb yana haligi dek sapchib chetga oldi o‘zini.

Soloxa unga:

— Osip Nikiforovich, ko‘rib turibsiz-ku nimaligi ni, bo‘ynim, bo‘ynimda marjonim! — dedi.

— Hm! Bo‘yningizda marjoningiz. Xe-xe-xe! — dedida, qo‘llarini ishqalab yana yurishga tushdi.

— Buningiz nimadir, xotinlar yaktosi?.. — Munshi uzunchoq barmoqlari bilan, qayerinidir ushlamoqchi bo‘lganda eshik taqillab, Chubning ovozi eshitildi.

Munshining yuragi yorilib:

— Yo rabbi, begona kishi-ku! Mening tagim nozik, birov ko‘rib qolsa nima bo‘ladi… Kondrat buzruk eshytib qoladilar!.. — dedi.

Ammo munshining xavotiri boshqa tomondan edi. Uz xotinidan ko‘proq xavotirda edi: hali ham xotinining dastidan boshidagi sochidan bitta qolmagan edi. Qaltirab turib:

— Marhamatli Soloxa, xudo haqi, bir iloj qiling. Sizning yaxshiligingiz hazrat Luka Kitobining o‘n uchin… Birov taqillatyapti, azbaroyi xudo, taqillatyapti! Voy, voy, yashirsangiz-chi meni biron yerga, — dedi.

Soloxa yana bir qopdagi ko‘mirni bochkaga ag‘dardi. Jussasi uncha katta bo‘lmagan munshi qopga tushib, o‘tirib edi, qopning allaqancha ko‘mir siqqunday joyi bo‘sh qoldi.

— Assalom daykum, Soloxa! — dedi uyga kirayotib Chub, — Meni keladi deb kutmagandirsan-a? Bemovrut kelib xalal yetkazdim shekillik… — dedi va go‘yo bir narsani bilganday kulimsirab iljayib qo‘ydi. Uning bu qilig‘i, befahm kallasi bironta hazil-mutoyiba so‘z aytmoq bo‘lib ancha ovora bo‘lganini ko‘rsatib turar edi:

— Balki birov bilan o‘ynashib turganmidingiz!.. Bittayarimtani yashirmadingmi-a? — Chub bu gaplariga o‘zi zavq qilib, Soloxaning ko‘ngli faqat menda, mendan boshqaga rag‘bati yo‘q, degan xayol bilan, ich-ichidan quvonib kulib yubordi. — Soloxa, qani endi arag‘ingdan keltir. Sovuqdan tomog‘im to‘ngib qolganga o‘xshaydi. E, xudo, rojdestvodek ulug‘ bayram oldida havoni shunday qilarmisan! Shunday muzlatdiki, shunday muzlatdiki, aslo qo‘yaver, bay-bay… quloq solsang-chi, Soloxa, qo‘llarim akashak bo‘lib qoldi, po‘stinimni yecholmayman-a! Bo‘ron shunday urib berdiki…

Tashqarida birov eshikni itarib «och!» dedi.

Chub, shoshib tumog‘ini olarkan, «temirchiga o‘xshaydi», deb qo‘ydi.

— Hoy, Soloxa, qayerga bekitsang bekit meni. U badbaxtning ko‘ziga sira ko‘ringim kelmaydi. Shaytonvachchaning ikki ko‘ziga govmichcha chiqsin!

Soloxaning quti uchib, jinni kishidek nima qilarini bilmay gangib qolib, munshini yashirgan qopni ko‘rsatdi. Bechora munshi davangidek odam sovuqda to‘ngib, hali erimagan etigi bilan uning ikki chakkasini bosganda ham g‘iq etmay jim o‘tiraverdi.

Temirchi indamay kirdi-yu, boshidan qalpog‘ini ham olmay, taxta ustiga yonboshladi. Avzoidan xafaligi bilinib turardi.

i Soloxa o‘g‘li ketidan eshikni yopguncha ham bo‘lmay, yana birov taqillatib qoldi. Kelgan odam kazak Sverbiguz ekan. Buni qopga joylashning iloji ham yo‘q, chunki u sig‘adigan qop topilishi qiyin. Uning jussasi da’voshinikidan kattaroq, bo‘yi Chubning og‘aynisinikidan novcharoq edi. Shuning uchun Soloxa uning gapini yaxshilab eshitmoq niyatida uni tashqariga chiqarib, ang‘izga olib kirdi.

Temirchi uyning har tarafiga parishonhol alanglab, uzoqda ramazon aytib yurganlarning ovoziga o‘qtin-o‘qtin quloq solib o‘tirib edi. Bir mahal qoplarga ko‘zi tushib qoldi; nima qilib yotibdi bu qoplar, chiqarib tashlash kerak edi. Ahmoqona muhabbat deb, jinni bo‘lib qoldim. Ertaga bayram bo‘lsa, uy yig‘ishtirilmabdi, har balo ivirsib yotibdi. Ustaxonaga oborib tashlay!

Temirchi katta qoplar ustiga engashib, avval yaxshilab bo‘g‘ib, bog‘lab, keyin orqalamoqchi bo‘ldi. Ammo xayoli parishonligi shundoq bilinib turardi, bo‘lmasa, qopning og‘zini bo‘g‘ganda Chubning kokilini ham qo‘shib bog‘lab yuborganda uning vishillaganini, davangidek da’voshini hiqichoq tutib, hiqillaganini eshitgan bo‘lar edi.

«Bu yaramas Oksana xayolimdan sira ketmasmikin-a? Hech o‘ylamay desam ham o‘yimga kelaveradi, o‘chakishgandek yakkash o‘sha esimga keladi, xolos. Nega bunday ekan, kishi xohlamasa ham miyasiga kiraverar ekan-da? Nima balo bo‘ldi, qoplar og‘ir tortib qolibdimi? Ko‘mirdan bo‘lak yana biror narsa solinganga o‘xshaydi. E, esim qursin! Har narsa menga og‘ir ko‘rinaveradi endi, hech esimda yo‘q. Avval bir mirilik chaqani, ot taqasini bir qo‘lim bilan ikki bukaverardim, endi bir qop ko‘mirni ko‘tarolmayman-a! Yaqinda shamol essa yiqiladigan bo‘lib qolaman shekillik». Qeyin bir oz indamay turib, o‘ziga dalda bergandek, «yo‘q, men xotin kishi emasman! Uzimni hech kimga mayna. qildirib qo‘ymayman! Bunaqa qopdan o‘ntasi bo‘lsa ham ko‘taraman!» deb shovqinlab qo‘ydi. So‘ngra kerilib, ikkita polvon ko‘tarolmaydigan qoplarni orqalab oldi. Ichida shayton g‘ujanak bo‘lib o‘tirgan qopni ushlab, «buni ham olaymi, asboblarimni solib qo‘ygan edim shekillik» deb, qo‘shiq aytgancha tashqariga chiqib ketdi.

Xotin olmoq hazil emas
Botmon-daxsar et kerak…

Ko‘chadagi qo‘shiq, shovqin-suron tobora avjiga miidi. Yaqin oradagi qo‘shni qishloqlardan ham bir talay odam yig‘ilib, to‘polon qilib yurganlar yana ko‘paydi. Uspirin yigitlar xo‘p yayrayaptilar. Ramazon aytib yur ganlar, gohda yoshlarning birontasi shu topda to‘qigan qo‘shiqlarni ham aytib yuborardilar. Gohda jo‘ralar orasidan birov ovozining boricha baqirib, ramazon o‘rniga ashur aytib yuborardi:

Shedrik-vedrik
Varachiga keldik.
Osh bering-mosh bering,
Qazidan bir bosh bering.

Hammalari kulishib, buni aytgan qiziqchini xursand qilardilar. Darchalar ochilib, qartaygai erlari bilai uyda qolgan kampirlarning ozg‘in qo‘llari bir bo‘lak kolbasa, yoki somsa uzatar edi. Yigit va qizlar, «mengamenga» deb talashib, to‘rvalarini tutardilar. Bir joyda yigitlar qizlarni o‘rab olishgan: qiy-chuv bo‘lib, chuvillashib, bir-biriga qor otishgan, bir-birining to‘rvasini uloq qilgan. Bir joyda qizlar bir bolani chalib, to‘rvasi bilan ag‘anatgan. Tong otguncha shu zaylda to‘polon qilib chiqadigan ko‘rinadilar ular. Tun ham ularga bo‘lishgandek izg‘irinsiz, oyning nuri qordan yana ravshan tortgandek edi.

Temirchi galalashib yurgan qizlar orasida Oksananing jarangdor tovushini eshitganday bo‘lib, qoplarini ko‘targanicha to‘xtadi. Paylari titrab, orqasidagi qoplarni yerga tashlab yuborgan edi, qopning tagida o‘tirgan munshi og‘riqdan voy-voylab yubordi, da’voshining hiqichog‘i tutib, ovozining boricha hiqillab yubordi. Temirchi yelkasidagi yengil qopi bilan Oksananing ovozi kelgan qizlar to‘pi kegidan galalashib borayotgan yigitlarga qo‘shilib ketaverdi.

«Shahlo ko‘zi o‘tdek yonib malikaga o‘xshab turgan ul ekan! Barno bir yigit unga bir narsalar so‘zlayapti. Qiziq gap aytayotgan bo‘lsa kerak, qiz kulib turibdi. Ammo u doim kulgani-kulgan-ku!» Temirchi o‘zi ham bilmay, beixtiyor birdan hammani oralab o‘tib, uning qoshiga borib turdi.

Vakulani jinni qilg‘uday bo‘lgan boyagi masxaraomuz kulgi bilan: «E Vakula, shu yerdamisan! Salom! Xo‘sh! Ramazon aytib nima yig‘ding? Qoping muncha kichkina! Malikaning oyog‘idagi kavushni keltirdingmi, keltirsang senga tegaman!» dedi sho‘x qiz va kulganicha qizlarga qo‘shilib qochib ketdi.

Temirchi qoqqan qoziqday qadalib turib qoldi, «Io‘q, endi toqatim qolmadi…» dedi chidolmay. «E, xu» doyim, nega muncha chiroylig-a, qurg‘ur. Qarashi, so‘zi, har bir qilig‘i o‘rtantiradi-ya! Urtantiradi. Hech toqatim qolmadi! Endi biryog‘liq qilmasam bo‘lmaydi. Ulib ketganim yaxshi, muzni yorib suvga cho‘kaman, nomim o‘chsin!»

Keyin dadil bo‘lib, ildam-ildam yurib, qizlar to‘pi ga yetib oldi. So‘ngra Oksanaga yaqinlashib, qat’iy ohangda «xayr, Oksana! Endi ko‘nglingga yoqqan boshqasini top, boshqa kimni xohlasang ahmoq qilaver, lekin. meni bu dunyoda endi ko‘rolmaysan!» dedi.

Barno qiz taajjublanganday hayron bo‘lib qoldi, bir so‘z aytmoqchi bo‘ldi, lekin temirchi qo‘lini siltab, chopganicha ketib qoldi.

Uning chopib ketayotganini ko‘rgan bolalar, «Vakula» qayoqqa!» deb orqasidan qichqirib qoldilar.

Temirchi ularga: «Xush qolinglar, og‘aynilar! Xudo xohlasa narigi dunyoda ko‘rishamiz, ammo bu dunyoda endi birga o‘ynamoq nasib bo‘lmas. Xayr, yomon ishlarimni eslamanglar! Qondrat otamizga ayting, gunohkor arvohimga duoi-fotiha qilsin, dunyoning ishlari bilan ovora bo‘lib, aziz-avliyolarga sig‘inmadim, sham yoqmadim. Sandig‘imda nimaiki bisot bo‘lsa cherkovga xudoyi qildim! Alvido!» deb javob qaytardi.

Temirchi shunday deb, orqasida qopi bilan yana chopib ketaverdi.

Yigitlar orqasidan:

— Aqldan ozibdi shekillik, — deb qolaverdilar.

Ko‘chadan o‘tib borayotgan xudojo‘y kampir:

— Xudo uribdi, temirchi o‘zini qanday osganini borib hammaga aytay! — deb o‘zicha g‘o‘ldirab ketdi.

Vakula bir necha ko‘chadan yugurib o‘tib, dam olgani to‘xtadi. «Hammasi barbod bo‘lgandek qayoqqa chopib ketayotibman o‘zim, — deb o‘yladi u, — izlay, zaporojyeli Mechkay. Patsyukka borib maslahat qilib ko‘ray, uni, jami jinlar bilan tanish, har qanday mushkulni oson qilarmish, deydilar-ku! Mayli, borib ko‘ray, bari bir o‘lim kishisiman!» Qopda haligacha qimirlamasdan jim yotgan shayton bu gapni eshitib suyunganidan qop ichida o‘ynay boshladi. Ammo temirchi qopga o‘zim tegib qimirlatib yubordim shekilli deb, qopni bir mushtlab, silkitdi-da, Mechkay Patsyuknikiga qarab ketdi.

Patsyuk Mechkay bir zamonlar zaporojye kazaklaridan bo‘lganligi to‘g‘ri. Ammo uyoqdan haydalganmi yoki o‘zi qochib kelganmi, buni hech kim bilmas edi. Dikanka qishlog‘iga kelib turib qolganiga allaqancha, o‘n yilmi, balki o‘n besh yilmi bo‘lgan. Avval xuddi zaporojyelikning o‘zi edi, hech ishlamas, kunning uch qismini uyqu bilan o‘tqazar, olti o‘roqchining ovqatini yer, bir ko‘targanda salkam bir chelak araq ichar edi. Buncha ovqatning joylashadigan o‘rni ham bor edi, chunki bo‘yi pastroq bo‘lsa ham, eniga xiyla katta edi. Kiygan cholvorining kengligi shunchalik ediki, har qancha katta qadam tashlasa ham, oyog‘i sira ko‘rinmas, yurganda vino solinadigan bochka yurib ketayotganga o‘xshardi. Shu tufayli MecHKay laqabini olgan bo‘lsa ham ajab emas. Qishloqqa kelganiga uch-to‘rt kun bo‘lar-bo‘lmas folbinligi hammaga mashhur bo‘ldi. Birov betob bo‘lsa, darrov zoguni chaqirtirar edi; kelib shivirlab bir duo o‘qisa, har qanday dard tuzalib ketar edi. Nafsi buzuq zodagonlardan birontasiga baliqning qiltanog‘i tiqilib qolsa, Patsyuk boplab bir musht urganda qiltanoq zodagonning tomog‘iga hech eiyon-zahmat yetkazmasdan joyini topib ketardi. Lekin so‘nggi vaqtlarda u kam ko‘rinadigan bo‘lib qolgan edi. Buning sababi dangasaligi bo‘lsa ham ajab emas, ammo yildan-yilga eshikka sig‘maydigan bo‘lib borayotganligidan bo‘lsa ham ehtimol. Uning o‘zi eshikka chiqmasdi-yu, jamoa ahllaridan kimning unga ishi tushib qolsa, o‘zi borar edi.

Temirchi qo‘rqa-pisa eshikni ochib qarasa, Patsyuk chordana qurib o‘tiribdi, oldida kichkina bochkacha, bochkacha ustida tovoqda tuppa oshi; tovoqni atayin og‘ziga to‘g‘rilab baland qilib qo‘yibdi. Qo‘lini aslo qimirlatmasdav, boshini andak engashtirib tovoqdan ho‘plab ichar, gohda tuppani tishi bilan tishlab olar edi.

Vakula buni ko‘rib, «bunisi Chubdan ham battar yalqov ekan. Chub-ku, ovqatini qoshiq bilan yeydi-ya, bu qo‘lini ko‘targisi ham kelmaydi!» — deb qo‘ydi ichida.

Patsyuk tuppa oshi bilan ovora bo‘lsa kerak, ostona- dan o‘tar-o‘tmas engashib salom bergan temirchining kelganini payqamadi.

Vakula yana salom berib:

— Huzuringga iltimos bilan keldim! — dedi.

Xo‘ppasemiz Patsyuk boshini ko‘tarib qarab qo‘ydi-da.

yana tuppasini ichaverdi.

Temirchi nafasini rostlab olib:

— Achchig‘ing chiqmasin, men bu gapni seni ranjitmoq uchun aytayotganim yo‘q, sening shayton bilan ozroq qarindoshchiliging bormish, — dedi.

Vakula bu so‘zlarni aytib qo‘yib, keyin qaltis so‘zlarni bir oz yumshatmasdan, qo‘polroq qilib gapirdimmi, deb qo‘rqdi va Patsyuk tovog‘i bilan boshimga urib qolarmikan, degan xavotirda o‘zini bir chekkaga olib, tuppaning issiq sho‘rvasi betimga sachramasin, deb yengi bilan betini bekitib oldi.

Ammo Padyuk bir qarab qo‘yib, tuppasini yeyaverdi.

Temirchi sal botirlanib, yana:

— Patsyuk, xudo hech narsadan kam qilmasin, davlating ziyoda bo‘lsin, nonu tuziigga baraka bersin, men senga panoh tortib keldim! — dedi. Temirchi gohda suxandonlik ham qilib qo‘yar edi, chunki yuzboshining taxta devorini bo‘yagani Poltavaga borganda ancha pishib qolgan edi. — Men gunohga botgan bechoraman, dardimga davo yo‘q. Endi nima bo‘lsa bo‘ldi, shaytonga yalinishdan bo‘lak chora qolmadi. Nima qilay, Patsyuk? — Patsyuk indamasdan o‘tiravergach. — Qanday qilay? — dedi yana.

Patsyuk boshini ko‘tarmay tuppasini oshalarkan:

— Shayton kerak bo‘lsa, bor o‘shaning oldiga, — dedi.

Temirchi engashib salom berib:

— Shuning uchun sening qoshingga keldim-da, shaytonga eltar yo‘lni sendan boshqa hech kim bilmasa kerak, — dedi.

Patsyuk churq etmay, qolgan tuppasini yeb bo‘ldi. Temirchi uni o‘z holiga qo‘ymay:

— Rahm qilgin, yaxshi odam, yo‘q dema: cho‘chqa go‘shti deysanmi, kolbasami, oq un, qora un deysanmi, matomi, so‘kmi, nimaiki kerak bo‘lsa beray, yaxshilikka yaxshilik qaytaraman, menda qolmas… loaqal shaytonga eltadigan yo‘lni ko‘rsatib qo‘y, — derdi.

Patsyuk boyagi-boyagicha bemalol va beparvo:

— Shayton yelkasida turgan odam shaytonni qidirmaydi, — dedi.

Bu so‘zlarning ma’nosi Patsyukning manglayida yozilgandek, Vakula unga tikilib qoldi. Uning ko‘rinishidan, nima deyapti, degan savol yog‘ilardi. Sal ochilib qolgan og‘zi. Patsyuk aytgan har bir so‘zni xuddi tuppadek yutib yuborguday bo‘lib turardi. Lekin Patsyuk indamasdi.

Vakula yaxshiroq qarasa, Patsyukning oldida na bochka idish bor, na tovoqda tuppa. Lekin yerda ikkita zarang kosa turibdi, birida chuchvara, birida qaymoq. Uning xayoli, ko‘zi beixtiyor bu ovqatga qaratildi. Uziga-o‘zi «ko‘ray-chi: chuchvarani qanday yerkan, tuppani yegandek boshini eggisi kelmas, egganda ham, bari bir bo‘lmaydi, chunki chuchvarani qaymoqqa botirib olish kerak-ku», deb o‘yladi.

Vakula shunday deb o‘ylashi bilanoq Patsyuk og‘zini ochdi, chuchvaraga bir qarab qo‘yib og‘zini yana kattaroq ochdi. Chuchvara kosadan sakrab chiqib qaymoqqa tushdi, unda bir dumalab, sapchib Patsyukning og‘ziga kirib ketdi. Yeb bo‘lgach, yana og‘zini ochdi, chuchvara yana shu xilda sapchib, og‘ziga kirib ketdi. Uning ishi faqat chaynashu yutish edi.

Temirchi taajjubdan ag‘rayib, «g‘alati-ku!» deb hayron bo‘lib turib edi, chuchvara uning og‘ziga ham kirib ketayotganini fahmlab qoldi. Labi allaqachon qaymoq bo‘libdi. Temirchi chuchvarani yutib, labini artib dunyoda qanday g‘alati ajoyibotlar bo‘ladi-ya, shayton odamni qanday ishlarga boshlaydi-ya, deb o‘ylab qoldi va Patsyukdan boshqa hech kim unga yordam berolmasligini bildi. «Yana bir salom berib ko‘ray, uqdiribroq aytsin… I-ye, menga nima balo bo‘ldi, bugun o‘ta ro‘za tutadigan kun edi-ku! Chuchvara yeb qo‘ydim, chuchvara tuzlik-ku! Qanday ahmoqman, qarab turib gunohkor bo‘ldim-a! Qoch endi!» Xudojo‘y temirchi orqasiga qaramay yugurgancha uydan qochib chiqdi.

Ammo uning qopida suyunib o‘tirgan shayton, g‘animini qo‘ldan chiqargusi kelmadi. Temirchi qopni yerga qo‘yishi bilai shayton darrov chiqib, uning yelkasiga minib oldi.

Temirchining badani jimirlab ketdi. Quti uchib, qoni qochib, cho‘qinmoqchi bo‘lib turganida shayton tumshug‘ini uning o‘ng qulog‘iga yaqin keltirib:

— Men senga do‘stman, do‘stim, birodarim uchun har narsa qilaman, — keyin chap qulog‘iga chiyillab: — Pul desang istaganingcha beraman, — dedi. Qeyin tumshug‘ini yana o‘ng qulog‘iga tutib: — Oksana shu bugunning o‘zida bizniki bo‘ladi, — deb shivirladi. Temirchi o‘ylab turib:

— Xo‘p, bu baho uchun men senikiman! — dedi.

Shayton qarsak urib, xursandligidan temirchining yelkasida turib o‘yin tushib ketdi. Endi qo‘limga tushdi-yu, shaytonlarni masxara qilib solgan suratlarining alamini endi olaman, qishloqning eng yaxshi xudojo‘y odami qo‘limga tushganini sheriklarim bilsalar, nima derkinlar, derdi o‘zicha. Do‘zaxdagi quyruqlilarni qanday mazax qilishini, ularning vasvasachilikda eng birinchisi bo‘lgan cho‘loq shaytonga qanday alam qilishini ko‘z oldiga keltirib kulib yubordi.

Shayton, temirchi qochib ketmasin, degan xavotirda bo‘lganidan hali ham uning yelkasidan tushmay chiyillab:

— Lekin, Vakulka, o‘rtada bir shart bog‘lamasdan hech bir ish qilinmasligini o‘zing bilasan! — dedi.

— Nima desang men tayyorman, — dedi temirchi. — Sizlarda qon bilan qo‘l qo‘yish odatmish deb eshitdim; to‘xta, kissamdagi miximni olay! — deb qo‘lini orqasiga qilib, shaytonni dumidan tutib oldi.

Shayton kulgancha:

— I-ye, hazilkash ekansan-ku! Qo‘y hazilingni, bas! — dedi baqirib.

— Shoshma, jonginam! Manavinga qarab qo‘y-chi, nima? — deb, darrov cho‘qingandi, shayton birpasda muloyim bo‘lib, qo‘zichoqdek yuvvosh tortib qoldi. Qeyin dumidan tortib yelkasidan tushirarkan, — to‘xta-chi, yaxshi odamlarni yo‘ldan ozdiradigan, gunohga boshlaydigan sanmi, shoshmay tur! — deb uning ustiga minib oldi, keyin cho‘qinmoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘targan edi:

— Vakula, afv et! Nima buyursang bajo keltiraman, jonimni qiynama, tavba qildim, cho‘qintirma meni, xochingdan qo‘rqaman! — deb yalindi.

— Ha-ha! Endi boshqacha tiling chiqdimi, la’nati nemis! Nima qilishimni endi o‘zim bilaman. Hozir meni uchirib obor, qushdek uch!

Shayton g‘amgin qiyofada: «Qayoqqa?..» dedi.

— Petemburgga! To‘ppa-to‘g‘ri poshsho xotin oldiga oyoor!

Havoga ko‘tarilib uchishi bilan, temirchi qo‘rqqanidan yuragi orqasiga tortib ketdi.

* * *

Oksana temirchining g‘alati gaplarini o‘ylab, xayol surib qoldi. Temirchiga haddan tashqari jabr qilganini o‘zi ham bilib, ichida afsus yer edi. «Agar rostdan ham yomon bir ish qilib qo‘ysa nima bo‘ladi? Alamidan har narsa qilsa qilaveradi-da! Boshqa birovni yaxshi ko‘rib, o‘shani qishloqning barnosi deb maqtab yursa ham yuraveradi-da. Yo‘q, meni sevadi, mendan chiroyligi bormi! Mendan aslo ajralmaydi, hazillashib qo‘ydi-da! Un minut ham o‘tmasdan meni ko‘rgani yana qaytib keladi. Nafsambri, unga barahmlik qildim. Xohlamagandek bo‘lsa ham bir o‘pich beray. Bir suyuntiray!» Yengiltak go‘zal qiz o‘rtoqlari bilan hazillashib o‘ynab ketdi. Urtoqlaridan birsh

— Shoshmanglar, temirchi qoplarini esidan chiqazib tashlab ketibdi. Qaranglar, g‘alati qoplar-a. U ramazonni bizdaqa aytmabdi, unga bir nimtadan go‘sht ber. ganga o‘xshaydilar, kolbasa bilan non behisobdir. Mo‘lchilik, hayit o‘tguncha maza qilsak bo‘ladi, — dedi.

— Temirchining qoplarimi hali bu? — dedi Oksana ham. — Tez bo‘linglar, biznikiga oborib, yaxshilab qaraylik-chi, nimalari bor ekan.

Qizlarning hammasi kulishib, uning gapini ma’qulladilar.

Qizlar qoplarni ko‘tarib ko‘rib:

— Voy, bizlar ko‘tarolmaymiz, — deb chuvillashdilar.

— Shoshmanglar, darrov borib chana keltirib, chanaga ortib olib ketamiz, — dedi Oksana.

Qizlar chanaga yugurib ketdilar.

Munshi barmog‘i bilan qopni anchagina teshib qo‘ygan bo‘lsa ham, har holda qopga tushganlar juda zerikib qolishdi. Agar odam bo‘lmaganda, munshi bir iloj qilib chiqib olardi, ammo hamma qarab turganda qopdan chiqib, o‘zini-o‘zi mayna qilsinmi… Bu mulohaza uni sabr qilishga majbur etdi, shuning uchun, Chubning etigi ancha ezganiga qaramay, inqillab, sabr qilishga qaror berdi. Chub ham tagidagi narsa o‘tirishga noqulay, beso‘naqay ekanini sezib, u ham tezroq qutila qolishni xohlar edi. Ammo qizining boyagi so‘zini eshy. tishi bilan xotirjam bo‘ldi. Uyga yetguncha yuz qadam, balki ko‘proq yurmoq kerak. Qopdan chiqadigan bo‘lsa uyoq-buyog‘ini rostlab, po‘stinining bog‘ichini taqmog‘i, kamarini bog‘lamog‘i kerak, buning ustiga tumog‘i ham Soloxanikida qolibdi; shu mulohaza bilan, chiqmay o‘tiraverdi. Qizlar chanada eltib qo‘ysalar yaxshi emasmi, Ammo Chub o‘ylaganday bo‘lmadi. Qizlar chanaga ketgan» larida, anavi novcha, qotma og‘aynisi juda xafa bo‘lib araqxonadan chiqib keldi. Araqfurush xotin nasiyaga bermabdi. Bironta xudo yarlaqagan badavlat kelib qolib ichirarmikin degan umidda xiyla kutdi, lekin ak siga olganday, davlatmand boyonlarning barisi xudojo‘y xristian bo‘lganlaridan, uylarida bola-chaqalari bilan birga bo‘tqa osh yeb o‘tirardilar. U, odamlarning fe’li ketganligi, araqfurush juhud xotinning toshbag‘irligi to‘g‘risida o‘ylab borayotib, qoplarni ko‘rib, hayron bo‘lib to‘xtab qoldi. Uyon-buyonga alanglab qarab:

— Kim yo‘lga qopini tashlab ketibdi! Go‘sht-po‘shti bordir! Bitta-yarimta baxti ochilgan ramazon aytib yiqqanu shuncha narsani! Muncha bahaybat qoplar-a! Agar yasmiq unidan bo‘lsa ham, bug‘doy unidan bo‘lsa ham, ichi to‘la non bo‘lsa hamyomonemas. Nuqul chapati patir bo‘lsa tag‘in yaxshi. U ham shirin bo‘ladi. Araqfurush juhud xotin bitta patirga nimchorak araq beradi. Birov ko‘rib qolmasdan tezroq olib ketay! — Chub bilan munshi tushgan qopni orqalab olmoqchi bo‘ldi, lekin qarasa, juda og‘ir. — Bir kishiga og‘irlik qilarkan. Xayriyat, bo‘zchi Shapuvalenko kelyapti. Assalomu alaykum, Ostap!

Bo‘zchi ham to‘xtab, salom berdi.

— Io‘l bo‘lsin?

— Uzim. Oyog‘im qayoqqa tortsa shu yoqqa ketayotibman.

— Yaxshi kishi, shu qoplarni ko‘tarishvor. Birov ramazon aytib yig‘ib-yig‘ib, ko‘chaga tashlab ketibdi. Nima bo‘lsa bo‘lishib olamiz!..

— Qop? Nimasi bor ekan, patirmi, kulchami?

— Nima desang borga o‘xshaydi.

Darrov chetan devordan ikkita kaltak sug‘urib, qopni kaltakka qo‘yib yelkalab ko‘tarib ketdilar.

Bora turib, bo‘zchi:

— Qayoqqa oboramiz, araqxonagami? — dedi.

— Men ham o‘shatga boraylik degan edim-u, lekin badbaxt juhud xotin ishonmasdan, birovnikini o‘g‘irlab kelishdi, deb o‘ylarmikin deyman, undan tashqari, men hozirg‘ina u yerdan chiqdim. Biznikiga oboramiz, hech kim yo‘q, bemalol, xotinim uyda emas.

Bo‘zchi, ehtiyotkorlik qilib:

— Yo‘qligi aniqmi? — dedi.

— Xudoga shukur, aqlimizni yeb qo‘yganimiz yo‘q, agar uyda bo‘lsa jinni bo‘pmanmi borib. Tong otguncha xotinlar bilan valaqlashsa kerak, — dedi.

Ikki do‘stning dahlizdagi g‘ovur-g‘uvurini eshitib qolgan xotini eshikni ochib, «kimsan?» dedi.

Eri xotinining uydaligini bilib taxta bo‘lib qoldi.

Bo‘zchining ham qo‘llari shalvillab, «ana xolos!» dedi.

Uning xotini shunday qimmatbaho hazina ediki, bunday matodan dunyoda oz emas. Eri singari u ham sira uyda o‘tirmas, ertadan-kechgacha qo‘ni-qo‘shnilarnikida, badavlat kampirlarnikida yurib, ovqatlarini maqtabmaqtab, ishtaha bilan yer edi, eri bilan faqat ertalab urishardi, chunki goh-gohda faqat ertalab ko‘rmasa, bo‘lak vaqtda uni sira ko‘rmas edi. Uylari qishloq mirzasining cholvaridan ikki hissa eskiroq, tomlarining poxoli tushib ketib, uyer-buyeri ochilib qolgan edi. Gavrondan to‘qilgan chetan devor allaqachon buzilib, titilib ketgan, chunki o‘tgan-ketganlardan kimga it urgani kaltak kerak bo‘lsa, falonchining devori bor-ku, deb uydan kaltak olmay, uning devoridan sug‘urib ketardi. Pechkasi uch kunda bir yoqilar edi. Xotini saxiylardan nimaiki tama qilib so‘rab olsa, eridan yashirib, burchak burchakka tiqar va lekin eri topganini darrov araqxonada yo‘qotib kelmasa, zo‘rlik qilib qo‘lidan tortib olar edi. Eri shuncha vazminligi bilan ham xotinidan past kelishni xohlamas va aksari ikki qovog‘i ko‘karib, uydan chiqib ketar, qadrdon zaifasi esa oh-voh qilib, erining zulmidan, yegan kaltaklaridan qo‘shni kampirlarga hasrat qilgani jo‘nardi.

Bo‘zchi bilan og‘aynisining qanday sarosimaga tushib qolganlarini o‘zingiz tushunavering. Qopni yerga qo‘yib, ikkovi etaklari bilan to‘sib oldilar. Biroq, fursat o‘tdi, chunki kampir garchi ko‘zi xiraroq bo‘lsa ham, qopga allaqachon ko‘zi tushgan edi.

— Mana bu ishing yaxshi! — dedi xotin. Uning avzoyi jo‘jaga ko‘zi tushgan kalxatga o‘xshardi. — Ramazon aytib shuncha ovqat yig‘dingizmi, yaxshi odam hammavaqt shunaqa bo‘ladi, biroq o‘t-betdan urib kelganmisizlar, deb o‘ylayman. Qani, hozir menga ko‘rsating qopingizni, tez ko‘rsating deyman!

Eri kerilib turib:

— Boshida bir tuki qolmagan kal shayton ko‘rsatmasa, biz ko‘rsatmaymiz, — dedi.

— Bu narsalarni ramazon aytib topgan biz, seni ishing nima? — dedi bo‘zchi.

Xotini novcha erining iyagiga bir musht urib:

— Ko‘rsatmaysanmi hali, voy yashamagur bangi! — deb qopga chovut soldi.

Ammo eri bilan bo‘zchi mardlik ko‘rsatib, qopni bermasdan, uni chekinishga majbur qildilar. Lekin ular o‘zlariga kelguncha bo‘lmay, kampir qo‘lida temir kosov bilan dahlizdan yugurib chiqdi va kela solib, erining qo‘liga, bo‘zchining yelkasiga tushirib, qopning tepasiga kelib, o‘ziniki qilib oldi.

— Nega uni qop yaqiniga yo‘latding? — dedi bo‘zchi hushiga kelib.

— I-ye, men yo‘latdimmi, nega sen yo‘latding, axir! — dedi unisi shalvayib.

— Kosovingiz temirga o‘xshaydi-ya, — dedi bo‘zchi birpas jim turgandan keyin yelkasini qashirkan. — Utgan „il yarmarka bo‘lganda xotinim tangamiriga bio kosov olgan ekan, yomon emas… uncha og‘ritmaydi.

Zur chiqqan xotini qo‘lidagi qora chiroqni yerga qo‘, yib qopni yechib qaradi. Ammo qopni darrov ko‘rgan xi. ra kuzlari endi aldandi.

— Eh-ha, butun boshli to‘ng‘iz-ku! — dedi u suyunga. nidan chapak chalib.

— Eshitdingmi, butun boshli to‘ng‘iz ekan! Qildingqilding, sen qilding! — dedi bo‘zchi sherigini tur.

— Nima ham qila olardik, — dedi sherigi.

— Bu nima deganing? Nega qarab turibmiz? Qo‘li. dan tortib olaylik qopni, qani, boshla sen!

— Nari tur, nari tur, sening haqqing yo‘q to‘ng‘izDa, bizniki! — dedi bo‘zchi yaqin kelib.

— Nari tur, shaytonning xotini! Nima haqqing bor seni, dedi eri ham xotiniga yaqinroq kelib.

Xotini yana temir kosovga qo‘l uzatgan edi, shu payt Chub qopdan chiqib, uzoq uyqudan turgan kishidek dahliz. ning urtasida kerisha boshladi.

Kampir ikki qo‘lini soniga urib, qichqirib yubordi, hammasining og‘zi ochilib, hayron bo‘lib qolishdi.

— Nodon bo‘lmasa nega to‘ng‘iz, deydi. Bu to‘ng‘iz emas! dedi eri ko‘zini ola-kula Qilib.

— Shundoq odamni ham qopga tiqadimi! Nima desanggam, shaytonning ishi, boshqa emas, bo‘lmasa qanday qilib darchaga sig‘adi! — dedi, qo‘rqnb ketgan bo‘zchi o‘zini orqaga tashlab. Unisi bo‘lsa, tikilibroq qaraganidan keiin: «e, og‘aynim-ku!» deb qichqirib yubordi.

— Bo‘lmasa kim deb o‘ylab eding? — dedi Chub il? jaiib. Xo‘p mayna qildimmi ikkovingni? Cho‘chqa deb meni yemoqchi edingiz-a! Shoshmanglar, qopda yana bir narsa bor, to‘ng‘iz bo‘lmasa ham, bolasi tagimda yotib g‘ivir-g‘ivir qilgandi, — dedi.

Bo‘zchi bilan yo‘ldoshi birdan qopga yopishdi, xotin ham biryohdan yopishdi. Qopdan chiqishdan boshqa chora yo‘qligini bilgan munshi emaklab chiqmaganda, ular o‘rtasida yana talash boshlanar edi.

Xotinning o‘takasi yorilguday bo‘lib, munshining oyoridan ushlab tortayotgan joyida qo‘yib yubordi.

— Yana bittasi chiqdi! — deb baqirib yubordi bo‘zchi qo‘rqqanidan, — Nima balo bo‘ldi… Boshim aylanib qoldi… Endi ramazon aytganlarning qopiga kolbasa-yu, Kulcha o‘rniga odam tashlaydigan bo‘libdilar!

Hammadan battar taajjubda qolgan Chub, «Munshiku!» dedi.

— Barakalla, Soloxa! Qopga xo‘p tiqqan ekan… Nega Uyi tO‘la qop dedim-a… Endi bilsam har qopda ikkitadan odam bor ekan, yolg‘iz men bilan… deb o‘ylagan vdim, barakalla, Soloxa.

* * *

Qizlar qopning bittasini topolmay, hayron bo‘ldilar. «Mayli, shu bittasi ham bo‘ladi», dedi Oksana.

Hammalari qopga yopishib chanaga ortdilar.

Da’voshi qop ichida o‘tirib o‘yladi: «Agar qopni yechib, meni chiqaringlar deb qichqirgunday bo‘lsam, nodon qizlar, qopdagi shayton ekan, deb qochib ketishadi, ertagacha ko‘chada qolib ketaman, shuning uchun indamay jim o‘tiraverganim ma’qul».

Qizlar bo‘lsa qo‘l ushlashib, g‘archillama qorda chanaii uchirgancha olib ketdilar. Ba’zilari sho‘xlik qilib «naga o‘tirib oldilar, da’voshining tepasiga minib oluvchilar ham bo‘ldi. Da’voshi churq etmasdan bardosh berishga qaror qildi. Aloha yetib keldilar, dahliz va uyning eshigini lang ochib, xaxolashgancha qopni sudrab kirdilar, Qizlarning barisi qopki yechmoqqa urinib, «Nima bor ekan, nima ekan», deb chuvillashar edi.

Shu payt, da’voshini boyadan beri juda qiynab kelayoggan hiqichoq bilan yo‘tal shunday tutib berdiki, aslo to‘xtatolmasdan ovozining boricha yo‘talib yubordi. Qizlar qo‘rqishib, «odam yotibdi», deb chinqirishganlaricha tashqariga qochib ketdilar.

Chub eshikdan kirib kelarkan:

— Nima balo bo‘ldi sizlarga, jinni bo‘ldinglarmi? — dedi.

— Voy, dada, qopda odam bor ekan! — dedi Oksana.

— Qopda? Bu qopni qayerdan oldinglar?

Hammalari birdaniga:

— Temirchi ko‘chaga tashlab ketdi, — deyishdi.

«Ana, hali aytmadimmi», deb qo‘ydi ichida Chub.

— Nimaga qo‘rqasizlar? Qani, qaraylik-chi. Hoy odam, ismingni bilmaymiz, xafa bo‘lmaysan, qani, chiq qopdan!

Qopdan da’voshi chiqdi.

Qizlar «voy o‘lay!» deb chinqirib yuborishdi.

Chub, da’voshining boshidan oyog‘igacha qarab, ichida: «Da’voshi ham shu yo‘lga kirgan ekan-da», deb hayron bo‘lib, «ana xolos!.. Obbo!» deganicha qoldi.

Da’voshi ham Chubdan battar xijolat bo‘lib, nima deyishini bilmas edi. Keyin birpas turib:

— Tashqarida havo sovuqmi? — deb so‘radi Chubdan.

— Bir oz sovuq, — deb javob berdi Chub, — So‘rasam maylimi, etigingga qora moy surtasanmi, dumba moyimi?

Uning muddaosi boshqa edi, nima bo‘lib qopga tui ding, deb so‘ramoqchi edi, ammo nega bunday deganini o‘zi ham bilmay qoldi.

— Qora moy surtgan yaxshiroq, — dedi da’voshi, —

Chub, xayr! — deb, tumog‘ini bosdirib olib uydan chiqib ketdi.

Chub, da’voshi chiqib ketgan eshikka qarab turib:

— Etigini nima bilan moylashini nega so‘radim! — dedi o‘zicha. — Barakalla, Soloxa! Shunday odamni qopga tiqqaningga qoyilman!.. Obbo shayton xotin-e! Ofarin-e! Men ahmoq bo‘lsam… qani haligi la’nati qop?

— Anavi burchakka eltib qo‘ydim. Ichida boshqa hech narsa yo‘q! — dedi Oksana.

— Bekor aytibsan, hech narsa yo‘g‘-a! Qani, buyoqqa keltir. Yana birov bo‘lsa kerak! Yaxshilab qoqinglar… Xo‘sh, yo‘qmi?.. Ha, la’nati xotin! Ko‘rinishi avliyoga o‘xshaydi, o‘zini juda pokiza, pokdoman tutadi.

Lekin biz Chubni shu achchiq va alam ustida qoldirib, endi temirchiga kelaylik, chunki soat to‘qqiz bo‘lay deb qoldi shekilli.

Vakula osmonda juda balandga chiqib ketganidan yerga qarasa hech narsa ko‘rinmaydi; yuragiga vahima tushdi. Pashshadek bo‘lib oyning tagginasidan o‘tib ketdi; agar boshini egmaganida qalpog‘i oyga ilinib qolar edi. Ammo bir ozdan keyin sal botirlanib, shayton bilan hazillasha boshladi. Sanobar yog‘ochdan qilingan xochny bo‘ynidan olib uning yaqiniga keltirsa, — shayton aksirib, yo‘tali tutar edi. Jo‘rttaga boshini qashimoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘tarsa ham, shayton cho‘qintirmoqchi shekilli, deb yana balandroq uchar edi. Osmon charaqlab, hammayoq yorug‘ va ravshan edi. Kumushdek tuman ichidahavo tiniq, hamma narsa ravshan ko‘rinar edi. Hatto tuvak ichiga tushib olib, shamoldek uchib o‘tib ketgan sehrgarni ham ko‘rdi; yulduzlarning to‘p bo‘lib, ko‘z bog‘lash o‘ynayotganlarini, bir tomonda allaqancha arvohlar g‘ujg‘uj bo‘lib pirillashib uchib yurganini ham ko‘rdi; oyning oldida dingillab o‘ynab turgan shayton uchib ketayotgan temirchini ko‘rib, shapkasini olib salom berganini, yalmog‘iz kampirni biron yerga eltib tashlab, endi o‘zi salt qaytib kelayotgan supurgini… xullas yana bir talay bo‘lmag‘ur narsalarni ko‘rdi. Nimaiki yo‘lda uchrasa, birpasda to‘xtab, taqachini tomosha qilib, keyin yana yo‘lga tushar edi. Temirchi uchib-uchib Peterburgga yetdi. Shu kuni shahar, bilmadim nima uchun, charog‘on ekan. Shayton yo‘ldagi govdan o‘tgach, yerga tushib arg‘u. moq otga aylandi; tsmirchi qarasa, sho‘x, chopag‘on ot ustida ko‘chada ketyapti. Yepnray! Tasur-tusur, to‘palon, dabdabasi olamni buzgunday. Ko‘chaning ikki tomonida to‘rt qavatli imoratlar. Otlarning tasur-tusuri, g‘ildiraklarning ovozi to‘rt tomondan aks-sado berar edi. Uylar tobora ko‘payib, xuddi yerdan o‘sib chiqayotganday ko‘. rinardi. Ko‘priklar lopillaydi, fayton aravalar gumburlaydi, izvoshchilar, kucherlar po‘sht-po‘shtlab qichqirishadi. Har tarafdan chopib ketayotgan ming-ming chanalar qorni to‘zitib, uchirib o‘tardi, piyodalar qator-qator shamdon osilgan devorlar tagiga siqilib borur edilar, ularning uzun-uzun tarnov bo‘yi soyalari tomga yetar edi. Temirchi har tarafga alanglar edi. Nazarida jami uylar chirog‘li ko‘zlarini unga tikib turgandek edi. Movut po‘stin kiygan boylar ko‘pligidan qaysi biriga salom berishini bilmay qoldi. «Yepiray! Boylar muncha ko‘p-ekan bunda! — derdi ichida, — Po‘stin kiygan. larning barisi sud a’zosi bo‘lsa kerak! Oynavon arava» larda o‘tganlar shahar boshlig‘i bo‘lmasa, hokimdir yoky undan ham ulug‘dir». Shu payt shayton: «To‘ppa-to‘g‘ri malikanikiga boraveramizmi?» — deb so‘rab qoldi. Temirchi ichida: «Yo‘g‘-e, vahimalik-ku! — deb qo‘ydi. — Utgan yil kuzda Dikankadan o‘tib ketgan zaporojyeliklar shu o‘rtada bir joyga tushgandirlar. Yurtlaridan poshshoga xat olib kelgan edilar; shular bilan maslahatlashsam yaxshi bo‘lardi. Hoy, shayton, darrov cho‘ntagim. ga kir, meni zaporojyelilar oldiga olib bor!» — dedi. Shayton bir lahzada ozib, jing‘archa bo‘lib qoldi va bemalol uning cho‘ntagiga tushib oldi. Vakula hash-pash deguncha ulkan bir uyga yetib keldi. Tavakkal qilib, ichkari kirdi, zinadan chiqib, eshikni ochar-ochmas, uyning dabdabasini ko‘rib vahimasi kelib, ketiga tislandi. Lekin Dikankadan kelgan zaporojyelilar qora moy surtilgan etiklari bilan shohi divanlarda chordona qurib, asil tamakilardan chekib o‘tirganlarini ko‘rib yuragi dadilroq bo‘ldi.

— Assalomu alaykum, ulug‘lar, xudo yor bo‘lsin, shunday joyda ko‘rishdik! — dedi temirchi peshanasi yerga tekkuncha engashib salom berib.

Temirchining xuddi oldiginasida o‘tirgan, yonidagidan so‘radi:

— Kim u kelgan?

— Hali tanimadinglarmi meni, temirchi Vakula bo‘laman! Kuzda Dikankadan o‘tganingizda, xudo salomat qilsin, umringiz uzoq bo‘lsin, omon bo‘linglar, salkam ikki kun qo‘ngan edingiz. Aravangizning oldingi g‘ildiragiga temir qoqib bergan edim, — dedi.

— Ha, anavi surat solishga usta temirchimi? Omonmisan, hamshahar, xudoyim nega seni bu tomonlarga keltirdi? — dedi boyagisi.

— Uzim tomosha qilgim keldi, deydilarki…

Zaporojyeli o‘ziga oro berib va ruscha gaplashishni bilganini ko‘rsatmoqchi bo‘lib:

— Xo‘sh, hamshahar, shahar katta ekanmi? — dedi.

Temirchi sharmanda bo‘lishni xohlamadi, shaharni endi ko‘rganini ham bildirgisi kelmadi. Bundan tashqari, o‘zi ham so‘zga chechan, savodi chiqqan mulla edi, shuning uchun bamaylixotir:

— Dong‘i ketgan muzofot! Nimasini aytasiz, uylar ulkan, hammasiga basavlat suratlar osig‘liq, ko‘p uylarga zar bilan bitilgan. Nimasini aytay, bag‘oyat bejirim va kelishganki! — dedi.

Zaporojyeliklar temirchining gapga bunday chechailigini ko‘rib, unga hurmatlari oshdi.

— Hamshahar, sen bilan keyin bafurja so‘zlashamiz, hozir bizlar poshsho xonimning huzuriga ketayotibmiz.

— Poshsho xonimning huzurigami! Ulug‘lar, marhamat ko‘rsatib, meni ham olib boringlar!

Rostakam katta otga mindir, deb yalinib turgan to‘rt yashar bolaga katta kishi qanday muomala qilsa, zaporojyeli ham unga shunday muomala qilib:

— Senimi? U yerda sen nima qilasan, yo‘q, bo‘lmaydi! Birodar, bizlarning poshsho bilan gaplashadigan gadshmiz bor, — deb gapini tugatdi.

Temirchi: «Birga oboring!» deb yalindi. Keyin kissasiga bir musht urib, shaytonga «so‘ra sen ham» dedi. Buni aytar-aytmas, ulardan biri «og‘alar, obora qolaylik!» dedi.

— Bizlarnikiga o‘xshagan kiyim kiy.

Temirchi yashil chakmonni endi kiyayotgan edi, eshik ochilib, oltin uqa tutgan odam kirib, otlaninglar, vaqt bo‘ldi, dedi.

Ressorlik kattakon aravada tebranib borayotganida, to‘rt qavatli uylar oldidan o‘tayotganida, uylar va tosh yo‘l o‘zi yurib ketayotgandek ko‘ringanda temirchi yana taajjubda qoldi.

«Xudoyo tavba, shuncha ham yorug‘ bo‘ladimi, bizning qishloqda kunduzi ham bunday yorug‘ bo‘lmaydi!» derdya ichida.

Aravalar bir ajoyib saroy oldiga kelib to‘xtadi. Hammalari aravalardan tushib, hashamatli bir xonaga kirdilar, keyin ko‘zni qamashtirguday yorug‘ pillapoyadan yuqoriga chiqdilar.

Temirchi o‘z-o‘ziga:

«Shunaqa ham pillapoya bo‘ladimi? Oyoq bosgani ko‘eing qiymaydi. Ana zebu ziynat! Ertaklarning barisi yolg‘on deydilar! Hech yolg‘on emas ekan! Yepiray, panjaraga qaranglar, xo‘p ishlabdi-da, bitta temirning o‘zidan ellik so‘mlik ketgan bo‘lsa kerak!» — derdi.

Zaporojyelilar pillapoyadan chiqib, eng oldindagi katta xonaga kirdilar. Temirchi parket polda oyog‘i sirg‘anib, ular ketidan zo‘rg‘a-zo‘rg‘a borar edi. Uch xonadan o‘tdilar, lekin temirchi hali ham hayratda. To‘rtinchi xonaga kirganda bsnxtiyor, devorda osig‘liq surat tagiga keldi. Bu surat qo‘lida Iso payg‘ambarni ko‘tarib turgan bibi Maryam edi. «Ajoyib surat ekan, xo‘p chiroyli yasabdi! Xuddi gapirib turgandek, tirikka o‘xshaydi-ya! Aziz bolasini qarang, qo‘llarini siqib olibdi, bola faqirning kulishini qarang! Bo‘yoqlari muncha joyib! Ye, bafarmoni xudo, bo‘yog‘ini qaranglar! Oxra bo‘yoqdan bir chaqalik ham ishlatilmabdi, nuqul loku lojivar. Toblanishini qarang lojivarni! Ishiga ofarin-a! Tag siriga nuqul asil oqdan bergan bo‘lsa kerak, — Eshik oldiga kelib, qulfini tutib ko‘rarkan, — va lekin bu surat har qancha g‘alati bo‘lsa ham, manavi jez qabza undan ham alomat ekan, xo‘p toza ishlabdida! Nemis temirchilari juda qimmatbahoga yasab bergandirlar, deb o‘ylayman…» Agar zar uqa taqqan malay kelib qo‘ltig‘idan turtib, keyinda qolmang, demasa, hali anchagacha shu zaylda anqayib turaverardi; Mehmonlar yana ikki xonadan o‘tgach to‘xtadilar. Shu yerda kutib turish buyurilgan edi. Qiyimiga oltii tikilgan bir necha generallar to‘dalashib yurar edilar. Zaporojyedan kelganlar enkayib salom bergach, hammalari bir yerga g‘uj bo‘lib turdilar. Bir lahzadan keyin xiylagina semiz, baland bo‘yli, getmancha chakmon kiygan, oyog‘ida sariq ko‘n etik, basavlat odam birtalay mahramlari bilan kirib keldi. Sochlari to‘zigan, bir ko‘zi sal g‘ilairoq, ulug‘sifat va salobatli, amr-farmon qilib o‘rganib qolgani har bir harakatidan ko‘rinib turibdi. oarvaroq kiyimlarda kerilib, savlat bilan turgan generallar darrov dabdabadan tushib, hammasi uning og‘zidan bir so‘z chiqar-chiqmas yoki sal imo qilguncha bo‘lmai ta’zim bilan darrov yugurib, uning amrini bajo keltirishga hozir bo‘lib, tipirchilab turar edilar getman. Ularni hech pisand qilmay, boshi bilan andak imo qilib, zaporojyelilar oldiga keldi Zaporojyelilarning hammalari oyog‘iga bosh urib salom berdilar.

Sal dimog‘ida so‘zlab, salmoq bilan:

— Hammangiz shundamisiz? deb so‘radi getman.

Ular yana engashib, qullo‘q qilib: «Hovva!» dedilar.

— Esingizdan chiqib qolmaydimi? Urgatganimday gapiring-a!

— Yo‘q, otamiz, esimizdan chiqmaydi!

Temirchi zaporojyelilarning biridan «podsho shumi?» deb so‘radi.

— Shoshma, podsho bu emas, Potyomkin degan shu bo‘laDi, — dedi unisi.

Narigi uydan g‘uvur-g‘uvur ovoz eshitildi. Etagi uzun shoii kuylak, orqasida burmasi bor kimxob kamzul kiigan allaqancha basavlat xotinlarni ko‘rib, temirchining ko‘zi javdirab besaranjom bo‘lib qoldi Uning kuziga faqat yaltiroq narsalargina ko‘rinar edi. Zaporojyelilar birdaniga yerga yiqilib:

— Onaxonimiz, marhamat qil! Marhamat — deb ba qirishdi.

Temirchi ham ko‘ziga hech narsa ko‘rinmay uzala tu. shib yetib oldi.

— Turinglar! dedi amirona, lekin yoqimli ovoz.

Saroy ahillaridan ba’zilari tipirchilab, zaporojyelilarni turtkilab qo‘ydilar.

— Onaxonimiz, turmaymiz, o‘lsak ham turmaymiz! — deb qichqirishdi zaporojyelilar.

Potyomkin lablarini tishlar edi, keyin aloha bo‘lmay o‘zi ular tepasiga kelib, birovi qulog‘iga shivirladi. Shundan keyin turdilar.

Temirchi ham jasoratga minib boshini ko‘tarib qarasa, o‘rta bo‘yli, moviy ko‘z, upa surtgan, to‘ladan kelgan bir xotin, yolg‘iz malikalarga xos bo‘lgan jozibali shirin tabassum bilan tspasida turibdi.

Moviy ko‘zli xotin zaporojyelilarni qiziqish bilan ko‘zdan kechirarkan:

Onhazrat, bugun, haligacha men ko‘rmagan xalqim bilan tanishtirmoqni va’da qilgan edilar, — dedi. Keyin ularga yana yaqiiroq kelib: — Tuzuk qarashyaptima sizlarga? — deb so‘radi.

— Ha, onaxonimiz, minnatdormiz! Xo‘ragimiz yaxshi (garchi bu yerning qo‘yi biznikicha bo‘lmasa ham), nega xursand bo‘lmaylik?..

Potyomkin, zaporojyelilar uning o‘rgatganini gapirmay bo‘lakcha gap boshlaganlarini ko‘rib, yuzini bujmaytirdi…

Zaporojyelilardan biri o‘ziga oro berib, oldinroqqa chiqdi:

— Onaxonimiz, marhamat qil! Sadoqatli xalqingdan nima gunoh o‘tdiki, g‘azab qilding? Totorning harom qo‘lini tutdikmi yoki biror ishda badbaxt turk bilan ittifoqlik qildikmi, fe’limizda, dilimizda senga biron xiyonat qildikmi? Nega bizga g‘azab qilding! Avval eshitdikki, bizning xilofimizga har yerda qo‘rg‘onlar solishga amr qilibsan, keyin eshitdikki, bizlarni itoat qildirib, sipohlik xizmatini o‘tamoqqa majbur qilmoqchimishsan, endi yana yangi noxush gaplar eshitib turibmiz. Zaporojye sarbozlariniig gunohi nima? Gunohi, qrimlilar bilan urush qilgan qo‘shiningni Pvrekopdan o‘tkazib generallaringga yordam berganimizPotyomkin qo‘lidagi qator-qator uzuklarning brilliant kuzini kichkina cho‘tkachada tozalash bilan ovora bulgandek indamasdan turar edi.

Yekaterina mehribonlik qilib:

— Nima tilaysiz? — deb so‘radi.

Zaporojyelilar nima deymiz degandek bir-birlariga qarab oldilar.

Temirchi ichida, podsho, tilagingiz nima deb so‘rayap. ti shekilli, vaqt g‘animat, degan xayol bilan to‘satdan o‘zini yerga tashladi.

— Ulug‘ shohimiz, bir qoshiq qonimdan kechgaysiz gunohimni o‘tgaysiz, shohona marhamatingizni ayamang, g‘azab qilmay ayting, oyog‘ingizdagi kavushingiz qanday matodan tikilgan? Bunday kavushni hech bir kosib tikolmasa kerak, hech bir mamlakatda bunday kavush bo‘dmagandir. Yo xudo, mening ham xotinim shunday kavush. dan kiysa nima qilarmish!

Malika kulib yubordi. Saroy ahllari ham kulish. di. Potemkin bir xo‘mrayar, bir kular edi. Zaporojyelilar, temirchini jinni bo‘lib qoldi, degan xayol bilan uni turta boshladilar.

Malika iltifot bilan:

— Tur! Muroding menikidek kavush bo‘lsa, mushku. ling oson, darhol keltiring, eng qimmatbaho zar kavushdan! Uning bu soddaligi menga nihoyatda yoqdi! — dedi, Sungra boshqalardan bir chekkaroqda turgan, rangpar YUZI tuladan kelgan, katta-katta sadaf tugmali kamzili uning saroyga dahldor emasligini ko‘rsatib turgan kishiga tikilib turib,qarang, sizning o‘tkir qala. mingizga loyiq bir namuna! — dedi.

Sadaf tugmalik odam ta’zim bilan:

— Marhamatli malikam, lutf va karamingiz haddan ziyoda, bu o‘rinda loaqal Lafonten lozimdir, — dedi.

— Rostimni aytsam, «Brigadir» ingiz hali ham xayolimdan ketmaydi. Ajab yaxshi o‘qiysiz! — dedi malika. So‘ngra yana zaporojyelilarga boqib: — Biroq, sizning yurtingizda uylanishmaydi, deb eshitgan edim, — dedi.

— Nega, oiaxonimiz, o‘zing xo‘p yaxshi bilasanki, odamzod xotinsiz tiriklik qilolmaydi, — dedi temirchi bilan gaplashgan haligi odam. Temirchi uning savodxonlar tilini yaxshi bila turib malika bilan gaplashganda jo‘rttaga mujik tili deyilgan bunday dag‘al tilda gapirganini ko‘rib, ichida: «Mug‘ambirlar-e! Bunday qilishi bejiz bo‘lmasa kerak!» deb qo‘ydi.

Haligi zaporojyeli:

— Bizlar tarki dunyo qilganlardan emasmiz, biz ham gunohkor bandalardanmiz. Isavilarning barisi yeingari biz ham ovqatlarga o‘chmiz. Oramizda uylanganlar ko‘p va lekin ular sechada xotinlari bilan turmaydilar. Xotinini Polshaga tashlab kelganlar ham bor, Ukrainada xotini borlar ham bor, Turk yurtida xotini borlar ham bor[7]. — dedi.

Shu orada temirchiga kavush keltirdilar. Temirchi uni mahkam ushlab olib:

— Xudoyo tavba, muncha chiroyli! Ulug‘ malika, muz otgani borganingizda ham oyog‘ingizga shunaqa kavush kiyib borasizmi, ajabo! Bunday kavush kiyadigan oyoqlar qanday ekan, toza qanddan bo‘lsa kerak deyman, — dedi.

Oyoqlari risoladagidek chiroyli va roso bo‘lgan malika, garchi qoracha bo‘lsa ham libosi o‘ziga yarashganidan kelishgan deguday soddadil temirchining og‘zidan bunday xushomadni eshitib kulimsirab qo‘ydi.

Malikaning iltifotidan taltayib ketgan temirchi, poshsholar bol bilan moydan boshqa narsa yemasliklari rostmi, yana shunga o‘xshash allanimalarni so‘ramoqchi bo‘lib turib edi, zaporojyelilarning biqiniga turtayotganlarini fahmlab, indamay qo‘ya qoldi. Malika qariyalarga boqib, ulardan yurtlaridagi rasm-rusumlarni surishtirib, hol-ahvol so‘rab turganida, sekin ketiga chig‘anib, cho‘ntagiga engashibroq: «Darrov meni bu yerdan olib ket», deyishi bilanoq, o‘zini g‘ovdan nariroqda ko‘rdi.

* * *

Bo‘zchining semiz xotini ko‘chaning o‘rtasida bir to‘p xotinni yig‘ib olib:

— Xudo ursin, suvga cho‘kdi, yolg‘on bo‘lsa turgan joyimdan siljimay o‘lay! — deb javrar edi.

— Axir, men yolg‘on gapirib yurgan xotinmanmi? Bitta-yarimtaning sigir-pigirini o‘g‘irladimmi? Birovga ko‘zim tegdimi, nega menga ishonmaysizlar? — deb baqirar edi, burni ko‘k, kazakcha ko‘ylak kiygan xotin qo‘lini paxsa qilib, — Temirchi o‘zini osganini kampir Pereperchixa o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan bo‘lsa suv icholmay o‘lay!

Chubnikidan chiqib kelayotgan da’voshi, bu gapni eshitib:

— Ana xolos, temirchi o‘zini osibdi-ya! — dedi-da, mojaro qilib turganlarga yaqinroq keldi.

— Araq icholmay o‘lay desangchi undan ko‘ra, qurib ketgur bangi! — deb javob qaytardi unga bo‘zchining xotini. — Senga o‘xshagan jinni bo‘lsa o‘zini-o‘zi osar edi, suvga tashladi, muzni yorib suvga cho‘kdi! Sening shu topda araqxonadan chiqqaningni annq bilsam, uning suvga cho‘kkanini ham shunday bilaman.

Burni ko‘kargan kampir achchig‘lanib:

— Voy manjalaqi, sharmanda, topgan gapini qarang, har kuni kechqurun munshi senikiga kirib yurganini bilmaydi, deb o‘ylaysanmi? — dedi.

Bo‘zchining xotini tutaqib ketdi.

— Munshing nimasi? Kimnikiga kiradi? Yolg‘onchi!

Ko‘k xitoyi mato bilan sirma qilib quyon terisidan tikilgan po‘stin kiygan munshining xotini mojarolashib turganlar tepasiga borib:

Munshi? — dedi cho‘zib. — Munshi bilan bo‘lgan jazosini yeydi, kim aytdi?

Burni ko‘kargan xotin bo‘zchining xotiniga ishora qilib:

— Munshi anavinikiga kirib-chiqib yuradi! — dedi.

Munshining xotini bo‘zchining xotini tepasiga o‘dag‘aylab borib:

— Sen mochag‘armi hali unga issiq-sovuq ichirib, boshini gangitib yurgan! — dedi.

Bo‘zchi xotini orqasiga tisarilib:

— Mal’un, nari tur-e! Nari tur-e, — derdi.

— Ha, la’nati yalmog‘iz, bolang o‘lsin iloyim, qurib ketgur, tuf basharangga… — munshining xotini bo‘zchi xotinining ko‘ziga tufurdi.

Bo‘zchining xotini ham uning basharasiga tufurmoqchi edi-yu, biroq, mojaroni tuzukroq eshitay deb xotinlarga yaqinroq kelib turgan da’voshining tarashlangan boshiga tufurib yubordi. Da’voshi etagi bilan basharasini artarkan: «Ha, mochag‘ar», deb qamchisini ko‘tarib dag‘dag‘a qilib edi, xotinlarning barisi har tarafga to‘zib qochdilar. Da’voshi aft-basharasini artarkan, so‘kinishini qo‘ymay: «Ha, iflos palid!» der edy yalang.

— Shunday qilib, temirchi suvga cho‘kibdi-da, xudov tovba! Xo‘p usta suratkash edi-ya! Qanday pishiq pichoqlar, o‘roqlar, omochlar yasardi! Juda kuchli azamat edi-ya, ha, — deb qo‘ydi, so‘ngra birpas o‘ylanqirab tur, gandan keyin, — qishlog‘imizda unday odam kam. Qop ichida o‘tirganimdayoq fahmlagan edim-a, bechoraning avzoi yomon edi. Ana xolos! Kecha bor edi, bugun yo‘q! Targ‘il baytalimni taqalatmoqchi edim-a!.. — Da’voshi bunday xayollarga cho‘mganicha asta-asta uyiga yetib keldi.

Oksana bu xabarni eshitib ichidan kuydi. Pereperchi. xaning o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deganiga, xotinlarning, poyma-poy gaplariga uncha ishonmas edi, temirchininy xiyla taqvodor odam bo‘lib, o‘z joniga o‘zi qasd qili» shiga ham ishonmas edi. Lekin qishloqqa sira qaytib kelmaydigan bo‘lib, bosh olib chiqib ketgan bo‘lsa ni» ma qiladi? Temirchidek azamatning topilishi qiyin. U qizni juda yaxshi ko‘rardi! Hech kim chidolmagan erka. liklarini faqat u ko‘tarib kelayotib edi-ku. Go‘zal qiz tuni bilan betoqat bo‘lib, o‘rnida tinch yotolmay uyoqdanbuyoqqa ag‘anab, tong otguncha sira uxlamadi. Goh tun qorong‘isida o‘ziga-o‘zi dakki berib to‘lg‘anar, goh orom olib, hech o‘ylamay der edi-yu, ammo xayolidan yigit ket. masdi. Kechasi bilan kuyib-o‘rtanib, ertalabgacha temir. chining maftuni bo‘ldi. Temirchining taqdiriga Chub xafa ham, xursand ham bo‘lmadi. Uning fikri yolg‘iz bir narsa bilan band: So. loxaning bevafoligini hech unutolmadi, uyquga yotib ham uni so‘kar edi.

Tong otdi. Odamlar erta sahardan butxonaga keli. sha berdi. Doka ro‘mol o‘ragan, oq movut kamzul kiygan dindor keksa xotinlar butxona eshigidan kirar-kirmas cho‘qinishardi. Ko‘k va sariq nimcha, orqasida popuqli zar to‘n kiygan boyvuchcha xotinlar hammadan oldinda turardilar. Boshiga allaqancha rang-barang lenta bog‘lab olgan, bo‘yni to‘la marjon, but va tangalar taqib olgan qizlar mehrobga yaqinroq borib olishga harakat qilardilar. Ammo hammadan oldinda mo‘ylovdor, kokil qo‘ygan, bo‘yni yo‘g‘on, iyagi tarashlangan, aksarisi tagidan oq, ba’zida ko‘k kamzuli chiqib turgan, chakmon kiygan boyu kambag‘allar aralash turardilar. Qayoqqa qarasang bayram kayfiyati. Da’voshi ro‘zasini kolbasa bilan ochmoq xayolida tamshanar edi. Qizlar yigitlarga qo‘shilib, muzda uchamiz deb suyunar edilar, kampirlar duo-fotihani bugun astoydilroq o‘qir edilar. Kazak Sverbuguz bosh egib sajda qilganda butxonadagilarning hammasiga eshitilar, yolg‘iz Oksana o‘zidan bexabardek parishon holda turar edi. Namoz o‘qiyaptimi, yo‘qmi, ma’lum emas. Biridan-biri alamli, biridanbiri g‘amgin tuyg‘ular ko‘ngliga g‘am solar, qayg‘usi shunchalik oshgan ediki, chehrasida g‘amu hasratdan o‘zga hech narsa ko‘rinmas edi. Ko‘ziga jiq-jiq yosh to‘ldi. Qizlar uning bu holiga sabab nimaligini aslo tushunolmadilar, sabab temirchi ekani ularning xayoliga ham kelmadi. Ammo xayoli temirchi bilan band bo‘lgan yolg‘iz Oksana emasdi. Qishloq ahillarining barisi nazarida bayram bayramga o‘xshamas, bir narsa yetmaganday edi. Aksiga olib, munshi ham qopga tushgandan beri xirillab qolib, duoni bo‘g‘ilib zo‘rg‘a o‘qir edi. qal’adan kelgan hofiz yaxshi o‘qisa ham, temirchining‘ yo‘qligi bilinib turardi, chunki ibodat vaqtida: «E, bor xudoyo» ni yokn «g‘ulmonlar bilan» ni o‘qiganda temirchi ham hofizlar yoniga chiqib, poltavachasiga hofizlik qilib ketar edi. Bundan tashqari, temirchidan boshqa hech kim butxonaga mutavallilik qilmas edi. Er«

Talabki ibodat o‘tdi, peshingisi ham o‘tdi, lekin temirchi hayeqqa yo‘qoldiykin?

* * *

Shayton avvalgidan ham hattitsroq jadaliga olib biz zumda temirchini uyiga olib keldi. Temirchi qarasa, uyining oldida turibdi. Xuddi shu paytda xo‘roz sichqirdi. Shayton qutuldim, deb sevinib ketmohchi bo‘lgan edi, temirchi uning dumidan tutib: «Qayoqqa borasan? Shoshma, birodar, hali ishing bitgani yo‘q/xizmating muzdini berganim yo‘q», deb qo‘liga gavron olib uch marta boplab urdi. Bechora shayton, maslahatchining darrasini yegan kambagaldek juftakni urib qoldi. Shunday qilib, odamizodning dushmani vasvasa qilib, birovni yo‘ldan ozdiraman, deb o‘zi ta’zirini yedi Qeyin Vakula og‘ilxonaga kirib, tushgacha pichan ichida uxladi. Uyg‘ongach, oftobning ancha ko‘tarilib qolganini ko‘rib, ertalabki namozni ham, tushkisini ham o‘tkazib yuboribman, deb kapalagi uchib ketdi; namozxon temirchi, o‘z jonimga o‘zim qasd qilib, imonimni sotmoqchi bo‘lganimga xudoning qahri kelib, meni g‘aflat bosdiribdi, bunday ulug‘-ayyom kunlarda butxonaga borolmayapman, deb ko‘ngli ancha xira bo‘ldi. Ammo kelasi hafgadayeq pop qoshiga borib, gunohimni aytib tovba qilay, bugundan boshlab yil bo‘yi har kuni ellik martadan sajda qilay, degan niyatni qilib uyiga kirdi; uyda hech kim yo‘q. Soloxa hali qaytib kelmabdi shekilli, Kavushni sekin avaylab qo‘ynidan oldi, kosibiga qoyil qolib, yana bir marta tomosha qildi, so‘ngra o‘tgan kechasi ko‘rgan ajoyibotlariga xo‘p taajjublandi. Keyin yuvindi, zaporojyelilardan olgan to‘nini kiyib yasanib oldi. Poltavaga borganda olgan bo‘lsa ham haligacha sira kiymagan tepasi ko‘k barra telpagini ham sandiqdan oldi. Rang-barang yangi belbog‘ini ham oldi: bularning hammasini tugib, bitta qamchinni ham qo‘shib, to‘ppa-to‘g‘ri Chubnikiga jo‘nadi.

Temirchini ko‘rib Chubning ko‘zi kosasidan chiqquday bo‘ldi. Temirchining tirilib kelganigami, uning yurak yutib unikiga kelganigami, yoki bunday yasanib zaporojyelik olifta bo‘lib kelganigami, qaysinisiga ajablanishini bilmay hayron bo‘lib qoldi. Lekin temirchi Vakula tugunni yechib, oxori tushmagan, olamda misli yo‘q yangi telpak bilan belbog‘ni Chub oldiga qo‘yib, oyog‘iga yiqilganda va:

— Otam, rahming kelsin! Mendan xafa bo‘lma! Mana qamchin, oyog‘ingga yiqildim, xohlag‘aningcha ur, tavba qildim, ur, xafa bo‘lmasang bo‘lgani! Marhum otam bilan do‘st eding axir, non-qatiq edingiz, shirinkomani ham birga ichardingiz, — deb yalinganda Chubning taajjubi yana oshdi.

Qishloqda hech kimga bo‘yin egmagan, hech kimni pisand qilmargan va bir mirilik chaqani qo‘li bilan bemalol bukkan, shunday temirchi oyog‘iga kelib yiqilganiga ichida xursand bo‘ldi. Chub obro‘sini tushirmaslik uchun qamchini olib, uning yelkasiga uch marta urdi.

— Bo‘ldi, tur! Keksalar so‘zini tingla! Urtamizdagi yomon-yaxshi gaplarni tashlaylik! Qani, gapir, muroding nima? — dedi.

— Otam, Oksanani menga ber!

Chub andak o‘ylanqirab turgach, telpak bilan belboqqa ko‘z tashlab qo‘ydi: telpak nihoyatda yaxshi, belbog‘ ham undan qolishmas edi. Soloxaning bevafoligi esiga tushib ketib:

— Ma’qul! Sovchingni yubor! — deb yubordi.

Oksana uyning ostonasiga qadam qo‘yishi bilan temirchini Ko‘rib, «voy!» degancha hayron bo‘lib, suyunganidan unga tikilganicha qoldi.

— Ko‘r-chi, qanday kavush keltyrdim senga! Malikaning oyeg‘idagi kavushdan! — dedi Vakula.

Oksana ko‘zini undan olmay, qo‘llarini siltab.

— Io‘q, yo‘q, kerakmas, kavush keltirmasang ham men… — Oksana so‘zining uyog‘ini aytolmasdan qizarib ketdi.

Temirchi unga yaqinroq kelib, qo‘lidan tutdi. Barno qiz ko‘zini olib qochib yerga qaradi. Qiz aslo shu topdagidek go‘zal ko‘rinmagandi. Shavqi oshib shodlangan temirchi uning yuzidan sekin o‘pgan edi, yuzi qizarib, husni yana oshdi.

* * *

Marhum arxiyerey bir kuni Dikanka qishlog‘idan utib borayotganida bu yerni maqtab, bir ko‘chada yangi solingan uy oldiga kelib to‘xtadi. Hazratlari, eshik oldida qo‘lida bolasi bilan turgan chiroyli xotindan:

— Bunday ajoyib sirlangan uy kimniki? — deb so‘radilar. Eshik oldida turgan xotin, ta’zim bilan:

— Temirchi Vakulaniki! — dedi.

Xotin Oksaianing uzi edi. Hazratlari uyning eshik va darchalarini tomosha qilarkan:

— Xo‘p yaxshi ishlanibdir, yaxshi! — deb qo‘ydilar. Derazalarning to‘rt tomoni qizil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, eshiklarda og‘zida chilimi bilan ot minib turgan ka zaklarning surati solingan edi. Ammo hazratlari Vakulaning tovbasini buzmay tekinga butxonaning chap tomoniga ko‘k buyoq ustiga qizil bilan gul solib bo‘yab berganini eshitib yana ham alqadilar. Bundan tashqari, butxonaga kiraverishda chap tomondagi devorga, shayton mal’unning do‘zaxda yonayotgan suratini solib qo‘ydi; shayton bachchag‘arni shunday xunuk-badnom qilib soldi» ki, kimki o‘tsa tufurib o‘tar edi; xotinlar bo‘lsa bolalari yig‘lay bersa surat oldiga olib kelib: «Anavini qara, muncha tasqara-ya!» derdilar. Bolalar ham darrov ko‘z yoshlarini artib, suratga bir qing‘ayib qarardilar-da, onalarining bag‘riga yopishib olardilar.

1832.

Gogol N. V.

Rojdestvo arafasidagi tun.

Yosh gvardiya, 1980. 64 b.

Гоголь Н. В. Ночь перед Рождеством

«Bizda ertaga rojdestvo degan kuni kechqurun odamlarning eshigiga borib qo‘shiq aytishni kolyadovat deydilar. Uyning egasi kolyadka aitib kelgan kishining to‘rvasiga kolbasami, nonmi yok. chaqami, ishqilib, Har kim to
Fransuzmi, ruminmi, shvedmi, ishqilib, boshqa yurtdan kelganlarning hammasini bizda nemis, deydilar. (N. V. Gogol izohi).
Yareski — Poltava gubernyasi. Mirgorod uyezdidagi bir qishloq.
Strya
Ponomar —
Saqar — do‘zax.
Za